Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

BO‘LAJAK GEOGRAFIYA FANI O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENTLIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Haydarova Surayyo Abdusalomovna Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi, (PhD)  Annotatsiya: maqolada bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilari komponentligin shakllantirish zarurligi, olimlar mulohazalari,  kasbiy komponentlikka qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: kompetensiya, kompotentlik, shakllantirish, ta’lim, tarbiya, ilm-fan.   Kirish. Respublikamiz ta’lim sohasi ham qator sohalar kabi tezlik bilan innovatsion rivojlanib borayotgan sohalardan hisoblanadi va bunda albatta kelajagimiz davomchilari hisoblangan yoshlarnining turli jabhalarda amaliy kompetensiyaga ega holda tarbiyalash bugungi kun o‘qituvchisining oldiga qator vazifalarni qo‘yadi. Zamonaviy ilm-fan ta’lim tizimini takomillashtirishning metodologik asosi sifatida qabul qilingan ta’limga kompetensiyaviy yondashuv borasida bir qator ilmiy – nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, A.V.Xutorskoy kompetentlikning turlarini tavsiflab, ular orasida etakchi o‘rinni bilish kompetensiyasi egallaydi degan bo‘lsa, N.U.Zaichenko o‘quvchi qobiliyatni shakllantirishni eng muhim vositasi bu zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishning integral usuli hisoblanadi degan qarashni ilgari suradi. Ammo geografiyani maktab o‘quvchilariga o‘qitishda ushbu yondashuvni amalga oshirish imkoniyati nazariy jihatdan etarli darajada asoslanmagan. Geografiya darsida maktab o‘quvchilarining bilish kompetentsiyasining shakllari va usullarini belgilaydigan ko‘rsatmalar mavjud. Bizningcha kasbiy kompetensiya vazifalarni samarali hal etish hamda mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishning funksional tayyorgarlikka asoslangan shaxsiy va kasbiy fazilatlarning murakkab dinamik birlashgan tizimi sifatidir. O‘qituvchining kasbiy kompetentsiyasi turli xil vaziyatlarda yuzaga keladigan muammo va odatdagi vazifalarni kasbiy bilim va ko‘nikmalar, ta’lim va hayot tajribasidan maqsadli foydalangan holda qadriyatlar tizimiga muvofiq ravishda hal qilishda namoyon bo‘ladi. Asosiy qism. O‘quvchilarda amaliy kompetensiyani shakllantirish uchun avvalo bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalar tizimi – bu tabiatning geografik mazmuni va bilimlar jarayonini o‘ziga xosligi hamda kasbiy faoliyat sohasidagi xarakteristikalar majmuini yaratish kerak bo‘ladi. Ularda shakllangan kompetensiyalarni baholash esa, ijobiy natijaga erishishning asosiy mezonlaridan hisoblanadi. DTSning samarali bazasi tarkibida ta’limning mahalliy va tarixiy mohiyati, uning geoekologik va amaliy yo‘nalishi, mintaqaviy geografik komponenti, kartografik savodxonligi, sinf va maktabdan tashqari  tadbirlarini tashkil etishga tayyorligi (kuzatuvlar, ekskursiyalar, turizm, joylarda amaliy ishlar, «yashil» maydonlarda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish) muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatlarni hisobga olgan holda, quyidagi uchta maxsus vazifaning geografik profilni konkretlashtirish maqsadga muvofiq: – tabiat va jamiyatning turli jabha va sohalarida yuz beradigan hodisalarni geografik tomonlarini tushuntirish, tahlil qilish, baholash, fanning konseptual va kategorik apparatlarini qo‘llash hamda geografik tildan foydalangan holda turli xil qarashlarni tahlil etish, ilmiy munozaralar o‘tkazish, nazariy gepotezalarni shakllantirish; – ta’limning barcha shakllarini (ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya, mustaqil ishi, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi) innovsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, zamonaviy geografik ma’lumot vositalaridan (kosmik tasvirlar, anamorfik xaritalar, tabiiy va noxush hodisalar xaritalari va boshqalar) foydalanish, kerakli ma’lumotlarni xaritada ko‘rsatish, statistik materiallarni tahlil qilish va geografik sharhlash hamda prognozlpshtirish; – o‘quv jarayonida o‘z mintaqasini geografik jihat va holatlarini mukammal bilishning turli usullarini qo‘llash, mintaqaning geografik xususiyatlarini ilmiy-nazariy asoslash, shahar va qishloq joylarida (umumiy ta’lim va sinfdan tashqari) o‘quvchilarning  (ko‘chma) o‘quv mashg‘ulotlarini, ekskursiyalarini tashkil etish va o‘tkazish uchun ob’ektlarni tanlash; Ushbu nuqtai nazarlardan kelib chiqib, bo‘lajak geografiya fani  o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalar tizimida muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi uchta darajadagi kompetensiyani alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga mavofiq: 1) Maxsus ixtisoslashtirilgan fanlarini o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonida shakllanadigan geografik madaniyat sohasiga oid kompetensiya: – bu kompetensiyani egallash geografiya predmeti, vazifalari, tarixi, tabiiy va ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni, geografik ilmiy –nazariy bilimlar ierarxiyasi, geologiya va geokimyo geografik asoslari, geografik nomenklatura to‘g‘risida bilim beradi; – geografiyaning nazariy va empirik metodlarini, geografik fikrlashni, geografik tushunchalar va atamalarni, geografik izohlarni, geografik faktlar va kartografik ko‘nikmalarni shakllantiradi; – dunyoning hududlari, ob’ektlari va hodisalarining geografik rasmlarini  xaritada aks ettirishni ta’minlaydi; – qita’alar, okeanlar, dengizlar, orollar, dunyo suv havzalar hamda daryolari to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlarni shakllantiradi. 2) Geografik joylashuv  tarixi va taraqqiyotni o‘rganish yuzasidan turizm va o‘lkashunoslik faoliyati sohasidagi kompetensiya: – o‘quv amaliy mashg‘ulot jarayonida, yashab turgan hududni o‘rganish, mahalliy tarix va ona zamin geografiyasiga oid bilimlar shakllanadi; – geografik o‘lkashunoslik asoslarini bilish, hududning turistik resurs salohiyati va ob’ektlari to‘g‘risida bilimlar o‘zlashtiriladi; – yer relefi va topografik xaritasi, qit’a va mintaqa, davlatlar joylashuvi, tabiiy va tarixiy moddiy boyliklari haqida bilimlarni shakllantiradi; -o‘quv ekskursiyalar, sayohatlarni tashkil etish va amalga oshirish, hamda turistik-tarixiy faoliyat uchun professional shaxsiy motivatsiyani qaror toptiradi. 3) Metodik tayyorgarlik tizimida shakllanadigan uslubiy kompetensiyalar: – o‘quv jarayonini maqsadli tashkil etishning turli shakllari va samarali usullari, kasbiy fanlarni tanlash, mustaqil ishlarni tashkil etish, kurs ishlari, pedagogik amaliyot hamda bitiruv malakaviy amaliyotlarga oid  zamonaviy bilim va malakani yuzaga chiqaradi; – bu kompetensiyani o‘zlashtirish metodik bilim va ko‘nikmalar tizimi (o‘quv jarayonini loyihalash, diagnostika qilish, korreksiyasini amalga oshirish texnika va uslublarini o‘zlashtirish) hamda tadqiqot va refleksiv ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Ta’kidlash lozimki, o‘quvchining amaliy kompetensiyalarini baholash  maxsus predmet, umumkasbiy va umummadaniy hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarining integratori bo‘lib, muayyan amaliy vaziyatda ta’lim muammolarini hal etishni ta’minlaydi. Bugungi kunda geografiya fan  o‘qituvchisi nafaqat fanni bilish, auditoriyani boshqarishi va o‘quvchilarga bo‘lgan muhabbat kasbiy faaoliyatida yaqqol namoyon bo‘lishi kerak. Shuningdek, geografiya fan o‘qituvchisi kasbiy kompetentligiga professional darajadagi ta’limni tashkil etish va boshqarish, ya’ni maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha qolaversa oliy ta’limdan keyingi ta’limni samarali  va yuqori saviyada tashkil etish kiradi.  Bunda uning yoshi va jinsi, irqi va millati ahamiyat kasb etmagan holad kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi muhim ahamiyat kasb etgan holda:
  • geografiya fanini o‘qitishning turli shakllari va uslublariga ega bo‘lish (shu jumladan, doimiy dastur doirasidan tashqari);
  • fanni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, rivojlantirishi va qo‘llashi;
– o‘quvchilarning ayrim toifalari uchun maxsus individual yondashuvlarni amalga oshirish ya’ni mobil ta’limini maqsadli tashkil etaolishi (masalan, nutqida, aqlida, o‘zlashtirida va psixikasida nuqsoni bo‘lgan nogiron o‘quvchilar uchun); -geografiya fanini o‘qitishda inklyuziv ta’limni samarali va maqsadli tashkil etish hamda boshqarish; – axborot texnologiyalaridan har tomonlama yuqori saviyada foydalanish va  geografiyani innovatsion ta’lim dasturiga muvofiq o‘qita olishi; -bilim va axborot ko‘lami hamda sifat darajasi yuqoriligini ta’minlash maqsadida chet tillaridan birini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda fanga oida chet el manbalarni o‘quvchilarga yetkazib, tahlil qilaolishi; – DTS dasturidan tashqari holatda fanni o‘qitishning kreativ yondashuvli malakasining o‘zlashtirganligi. Zamonaviy geografiya fan o‘qituvchisi yuqoridagi kasbiy fazilatlarga ega bo‘lishidan tashqari, huquqiy va axloqiy me’yorlarga, shuningdek, kasb axloqi talablariga rioya qilishi lozim. Ta’kidlash lozimki pedagogik axloq o‘qituvchida mavjud bo‘lgan bilim bilan teng qiymatga ega. Bu tamoyil                XXI asr o‘qituvchilari uchun kasbiy shiorga aylanishi lozim, qolaversa shartdir. Bu tamoyilning mohiyati XXI asr fan o‘qituvchisi nafaqat nimani o‘rgatishi, balki qanday o‘qitishi, o‘quvchilar bilan qanday munosabatda bo‘lishi, intizomiy choralarni amalga oshirishi, motvatsiya berish, sinfda va sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar paytida yuzaga keladigan turli muammolarni hal qilishda shuningdek, o‘quvchilarning amaliy tapshiriqlarni bajaraishlarini baholash ko‘nkmasi ham muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash lozimki bugungi kunda har bir inson (ota-ona) zamonaviy o‘qituvchi xususida o‘z qarashiga ega bo‘lib, ularning aksariyati o‘z-o‘zini rivojlantirish va xatolarni tan olish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchini sinfda ko‘rishni va farzandlariga ta’lim berishni istaydi. Noto‘g‘ri faoliyatini tan olish (aslida ta’limda noto‘g‘ri yondashuv mumkin emas, ammo bu aksariyat o‘qituvchi faoliyatida kuzatilishi mumkin) qobiliyati OTM va maktab o‘qituvchisi uchun zamonaviy dunyoqarash mahsuli hisoblanadi. Axir xatolar inson tabiatining tabiiy qismidir va hech kim o‘qituvchidan hech qachon qilgan xatosini tan olganligi va uni tezda bartaraf etganligini sababini so‘ramaydi, balki unga bo‘lgan ishonch va hurmat ortadi.  Agar o‘qituvchi ta’lim va tarbiya berish jarayonida aniq xatoga yo‘l qo‘ysa, uni yashirishga yoki to‘g‘ri harakat sifatida o‘tkazishga harakat qilsa, o‘quvchilar aldanganligini his qilishadi va ishonchni yo‘qotadi. XXI asrda geografiya fan o‘qituvchisiga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan kompetentlikdan yana biri bu kompyuter savodxonligining yuqori darajasida bo‘lishidir. Zamonaviy informatsion dasturlarda mukammal ishlash ko‘nikma va malakasini o‘zida shakllantirgan bo‘lib an’anaviy, onlayn, oflayn va aralash ta’limni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishi lozim.  Shuningdek,  dars davomida jonli taqdimotlar o‘tkazishi, platformaning interaktiv imkoniyatlaridan maqsadli foydalanib masofadan turgan holda o‘quvchilar e’tiborini jalb qilish va fanga qizqtirgan holda bilim hamda tushunchalarni singdirish nostandart metodlaridan foydalana olishi hamda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini baholay olishlari zarur. Xulosa. Pedagogik ta’lim o‘qituvchidan professional kasbiy tayyorgarlik,  ilmiy salohiyatdan tashqari olgan bilimlarini o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini shakllantirish va uni baholashda ham samarali qo‘llay olishni ham talab etadi.  Bugungi kun geografiya fan o‘qituvchisi doimiy ilmiy izlanishda bo‘lishi, o‘quvchilarga fanga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni tushuntirishda  nazariy jihatlarini ilmiy tadqiqot ishlari manbalari va tadqiqotchilarning ilmiy gepotizalariga asoslanib yetkazib berishi, ushbu nazariyalarning geografiya fanining davlat va jamiyat hayotida tutgan rolini amaliy misollar yordamida yetkazib berish talab etiladi. Shuningdek, mavzuga  oid nazariyalarni biri-biriga ziddiyatli jihatlarini, o‘xshashlik tomonlarini sinfxonada o‘quvchilar bilan muhokama qilgan holda ularda fikrlash ko‘nikma va malakasini shakllantirishi zarur. Albatta bu jarayon o‘quvchilarda geografiya fani yuzasidan o‘zaro fikr almashish va fan tilida muloqot qilish qobiliyatini yanada rivojlantirishga zamin bo‘ladi. Zamonaviy o‘qituvchi muloqot uslubi bilan ajralib turadi. Sinfda samarali va do‘stona muloqotni o‘rnatish qobiliyatini o‘zida shakllantirish zamonaviy fan o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlaridan biri bo‘lishini talab etadi. Dars mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarda sog‘lom muloqot va raqobat muhitini yuzaga keltirgan holda fikr bildirishni chegaramaslik bugungi kunning talabidir. Zamonaviy geografiya fan o‘qituvchisi  ta’limda singib ketgan konservat standartlarda chekingan holda  nostandart metodlardan maqsadli foydalanib, nafaqat fanga balki ta’limga  qiziqmaydigan,  bilim olishda adaptatsiya jarayoni qiyin kechayotgan, kuchli deprissiv holatga tushib zerikish ustunlik qilayotgan o‘quvchi bilan umumiy til topishi talab etiladi.   Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.Haydarova, S., & Yusufov, J. (2021). KOMPETENSIYaVIY YoNDOShUV ASOSIDA GEOGRAFIYa DARSLARINI TAShKILLAShTIRISh. Jurnal yestestvennыx nauk1(2).
  1. Usarov, J. E., Eshnayev, N. J., & Haydarova, S. A. (2020). Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution. IEJRD-International Multidisciplinary Journal5(8), 6.
  2. Gapparov, A., & Khaydarova, S. (2020). Population Systems In The Reclaimed Lands Of The Republic Of Uzbekistan. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
  3. Haydarova, S. (2021). GEOGRAFIYA DARSLARIDA ELEKTRON TAQDIMOTLARDAN FOYDALANISH. Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  4. Haydarova, S. (2021). Geografiyani o’qitishda kompetensiyaviy yondashuvning tatbiq etishning o ‘quvchi psixologiyasi bilan bog ‘liq jihatlari. Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  5. Haydarova, S. (2021). GEOGRAFIYA FANI O ‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI VA UNING ZAMONAVIY TALABLARI. Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  6. Haydarova, S. (2021). Fanni kompetensiyaviy yondoshuv asosida o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  7. Haydarova, S., Mavlonov, X., & Muxamedov, O. (2021). Arid mintaqalarda yer resurslaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari (Jizzax viloyati misolida). Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  8. ABDUSALOMOVNA, H. G. F. O. Q., & KOMPETENTLIGI, V. U. Z. T. (2021). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL1, 02.
  9. COMPETENCIES, A. K. F. O. P. (2020). OF SCHOOLCHILDREN IN GEOGRAPHY. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION1, 5.
  10. Gapparov, A., Haydarova, S., & Zaynutdinova, D. (2020). Mustaqillik yillarida Jizzax viloyati aholisining demografik rivojlanishi. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
  11. Haydarova, S., Kuldasheva, S., Abdullayeva, S., & Shokhrukh, K. (2021). Modern Technologies in Improving the Quality of Teaching. Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  12. ABDUSALOMOVNA, H. S. (2021). GEOGRAFIYA FANI O ‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI VA UNING ZAMONAVIY TALABLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL1(02), 29-36.
  13. Komilova, N. K., Haydarova, S. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial structure of agriculture development in Uzbekistan in terms of economical geography. J. Advanced Res. L. & Econ.10, 2364.
  14. Gapparov, A., Haydarova, S., & Kayumova, M. (2020). Jizzax viloyatida urbanizatsiya jaraeni va unga ta’sir etuvchi omillar. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
  15. Abdusalomovna, K. S. (2020). FORMATION OF PRACTICAL COMPETENCIES OF SCHOOLCHILDREN IN GEOGRAPHY. International journal of discourse on innovation, integration and education1(5), 384-387.
  16. Nazarovna, T. Z., Azamkulovich, D. F., Jurayevna, M. N., & Abdusalomovna, H. S. (2016). Mortality and life expectancy rates of population of the Republic of Uzbekistan in the years after independence. European science review, (3-4).
  17. Haydarova, S. (2021). methods of assessing the practical competense of scholchildren (on the example of geography). Jurnal yestestvennыx nauk1(1).
  18. Haydarova, S. (2021). O’QUVCHILARNING GEOGRAFIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA PEDAGOGIC-PSIXOLOGIK YONDOSHUV. Jurnal yestestvennыx nauk1(3).
  19. Usarov, J. E., & Haydarova, S. (2021). Fanni kompetensiyaviy yondoshuv asosida o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Science and Education2(Special Issue 1), 266-275.
  20. Gapparov A., Haydarova S., Zaynutdinova D. Mustaqillik yillarida Jizzax viloyati aholisining demografik rivojlanishi //Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI. – 2020.
22.Haydarova S., Usarov J., Eshnayev N. defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution //Jurnal yestestvennыx nauk. – 2021. – T. 1. – №. 1. 23.Haydarova S. et al. MIRZACHO’L O’LKASIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKON1YATLARI //Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI. – 2020. 24.Haydarova S. GEOGRAFIYA FANI O ‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI VA UNING ZAMONAVIY TALABLARI //Jurnal yestestvennыx nauk. – 2021. – T. 1. – №. 1. 25.Nazarovna, T. Z., Azamkulovich, D. F., Jurayevna, M. N., & Abdusalomovna, H. S. (2016). Mortality and life expectancy rates of population of the Republic of Uzbekistan in the years after independence. European science review, (3-4).
  1. ABDUSALOMOVNA H. S. GEOGRAFIYA FANI O ‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGI VA UNING ZAMONAVIY TALABLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. – 2021. – T. 1. – №. 02. – S. 29-36.
  2. Eshbekovich U. J., Jumayevich E. N., Abdusalomovna H. S. Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution //International Engineering Journal For Research & Development. – 2020. – T. 5. – №. 8. – S. 6-6.
  3. Khaydarova, S. A. (2022). FORMATION OF PRACTICAL COMPETENCES OF SCHOOLCHILDREN IN GEOGRAPHY. Journal of Geography and Natural Resources2(01), 50-57.