Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O’QUVCHILARDA TEMURIYLARNING XALQ HUNARMANDCHILIGI NI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARI YUZASIDAN TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

T. Umarov, M. Z. Zokirov – o’qituvchilar Qodiriy norridagi JDPU, Jizzax sh Umarova N. R.- o’qituvchi 16-IDUM Navoiy sh. Jahon binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda Temur va temuriylar davrini mufassal o‘rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jarayonida o’lkan ijobiy burilishlar davri bo‘lgan. Shuningdek bu davrda xalq hunarmandchiligining rivojlanishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Ushbu maqolada Temuriylar davridagi xalq hunarmandchiligi taraqqiyoti va unga bo‘lgan e’tibor haqida Texnologiya fani bo’yicha mashg’ulotlarda o’quvchilarga tushunchalar berish bo’yicha fikr yuritiladi. Umumiy ta’lim maktablarida o’tiladigan Texnologiya fani DTS va dasturiga ko’ra 5-7-sinflarda texnologiya va dizayn yo‘nalishi xalq hunarmandchiligi texnolo giyasi bo’limida xalq hunarmandchiligining turlari bo’yicha mashg’ulotlar o’tish mo’ljallangan. Usbu maqolada mana shu mashg’ulotni o’tish davomida fan o’qituvchisi tomonidan o’quvchilarga Temuriylar hukumronligi davrida Movarun nahrda xalq hunarmandchiligini rivojlanisiga katta e’tibor qaratilgan to’g’risida tushunchalar berish maqsad qilib olingan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, Chig‘atoy ulusi chingiziylarining 150 yillik (1220-1360 yillar ichida) hukmronligi davrida Samraqandda ko‘zga ko‘rinarli birorta ham ijtimoiy bino qurilgan emas. Temuriylar davlatining vujudga kelishi bu zaminda hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko’tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukumdor bozorlar, rastalar va timlar qurdirdi hamda turli-tuman ustaxonalar bar po etib, xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettiradi.[1, 6.40] Tarixiy moddiy va ma’naviy manbalardagi guvohlik berishicha Temur va Temuriylar davridagi kasb hunarmandchilik texnologiyasi va uslublari haqida juda oz ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu manbalarda asosan kasb hunarmandchilik turlari, mahoratli hunarmandlarni namoyandalari, hunarmandchilikning mahsuloti (mollari)   haqida ma’lumot beriladi. Ana shu manbalar asosida Temur va Temuriy lar davrida kasb hunarmandchiligini turlari, texnologiyasi va uni rivojlanishiga turtki bo‘lgan tamoyillarini ko‘rib o‘tamiz. Temur va Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson hamda ko‘xna Samarqand gullab yashnadi, ilm-fan va savdo sotiq rivojlandi, shuningdek me’mor chi lik va hunarmandchilik ham tez sur’atlar bilan rivojlandi. A. Temur qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan odamlarni olib kelib Samraqand va uning atrofiga joylashtirdi. H. Vamberning yozishicha “U qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o’ljasi – shu o’lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan”. Bundan shu narsani anglash mumkinki Sohibqiron xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor qaratgan. U ayniqsa turli sohalar bo‘yicha ustalari to‘plashga harakat qildi. Ular orasida ipak, mato to‘quvchilar, nayza va har xil qurollar yasovchilar, dunyoda eng dong‘i ketgan shisha ishlovchilar bor edi. Turkiyadan esa merganlar, shuningdek, g‘isht teruvchilar va zardo‘z hunarmand ustalarini olib keldi. Temur shunchalik ko‘p odam olib keldiki, Samarqandda qaysi hunardagi kishidan qancha izlasangiz topilgan [2, b. 48,55]. Temur va Temuriylar davrida Samarqand poytaxt sifatida ilm-fan rivojlangan, ko‘rkamlikning eng yuqori nuqtasiga yetishdi, butun feodal Sharqda mislsiz go‘zal va qudratli maskanga aylanishida mahoratli usta hunarmand laming, davrining eng yaxshi ijodiy kuchlarining shu yerga to‘planishi muhim rol o‘ynagan edi. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” [3, b.28]degan so‘zlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurda har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo‘lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqdan olib kelingan mashhur usta-hunar mandlar mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. ”Amr etdimki, — deb yozadi Amir Temur — katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona (musofirxo na) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dorul-amorat (hukmdor saroyi) va dorul-adolat (adolat saroyi) qursunlar… » [4, b.38]. Temur va Temuriylar tomonidan zabt qilingan Eron, Ozarbayjon, Xorazm, Hindiston, Damashqdan va boshqa mamlakatlaming eng mashhur ilm fan namoyon da lari bilan bir qatorda me’mor va muhandislari san’atkor va hunarmandlari Samarqandda to‘planib, mahalliy usta hunarmandlari bilan hamkorlikda juda muhim hunarmandchilik ishlarini amalga oshirdilar va qurdirilgan muxtasham binolar va qadimiy yodgorlik ansambillari va arxeologik topilinalari bu haqida guvohlik berib turibdi. O’quvchilarga Temur va Temiriylar davrida kasb hunarmandchilik ishlari asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib borilgan to’g’risida tushunchalar berish lozim[5, b.49]:
  1. Temirchilik ishlariga oid kasb hunarmandchilik ishlarida metallami issiqlik orqali qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish texnolstiyasi amalga oshirilgan;
  2. Ganchkorlik, imoratsozlik, o‘ymakorlik, yog‘ochsozlik ishlari va boshqa shu kabi qurilish inshoatlariga ta’lluqli kasb hunarmandchilik ishlarida yog‘och gilloy material lariga har xil usullar yordamida qayta ishlov berish natijasida mahsulot yaratilgan;
 
  1. Tikish va to‘qishga oid hunarmandchilik ishlarida matolami qayta ishlash, ularga bezak berish, tayyor mahsulotga aylantirish kabi texnologik jarayonlar
  2. Har xil materialarga ishlov berish orqali mahsulot yaratadigan mayda kasb hunar
mandchilik mahsulotlari asosan kundalik ehtiyojlari va ichki bozor uchun yaratilgan. Yaratilgan mahsulotlar bir-birini takrorlamasdan takomillashuv texnologiyasi va usullari asosida bo‘lgan. Temur va Temuriylar davridagi kasb hunarmandchilikning bu yo‘nalishlari tarixini yosh avlodga, ya’ni o’quvchilarga Texnologiya ta’limi DTS va dasturi aso sida yogochga, metallga va gazlamalarga ishlov berish bo‘limlarida o’tiladigan amaliy mashg’ulotlarda o‘rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan tarixiy manbalar tahlili asosida barcha sohalarda bo‘lgani dek, xalq hunarmandchiligiga rivojlanishiga ham Temur va Temuriylar davrida katta e’tibor qaratilganligi haqida o‘quvchilarda tasavvur o‘yg‘otish orqali quyidagicha xulosa qilish mumkin: Birinchidan hokimiyatni boshqargan Temur va Temuriylarning deyarli hammasi ilm-fan va madaniyatni yuksalishiga shart-sharoit yaratishga katta e’ti bor qarat gan; Ikkinchidan, kasb-hunarmandchilikning rivojlanishi uchun mamlakatda tinch lik va tartib o‘rnatishga erishilib, soliq va savdo tizimlarini hunaramndchilikning keng tarqalishiga imkoniyat yaratilgan; Uchinchidan, kasb-hunarmandchilik mahsulotlarini o‘zidan chetga chiqarish dan har bir hunarmand manfaatdor bo‘lishgan va bu jarayon podsholar, tomonidan qattiq nazoratga olingan; To‘rtinchidan, hunarmand quruvchilar ishiga doimo davlat buyurtmachi bo‘l gan; Beshinchidan, qurilish ishlariga, harbiy sohalarga mahsulot yetkazib beruvchi kasb hunarmandlar ishini kengayishini, rivojlanish imkoniyatini beruvchi rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Turg‘un Fayziev, Temuriylar shajarasi.-T: “Yozuvchi”,1994y., 352
  2. Herman Vamberi, Buxoro yoxud Movarunnahr tarixi.T.:“Adabiyot va san’at”,1990.-96
  3. Temur tuzuklari, T.: “Adabiyot va san’at”, 1996y. , 73
  4. A Ahmedov va Aminov, Amir Temur o’gitlari.-T.: “Navro’z”, 1992y. , 64 b.
  5. T. Umarov, Sh. T, Isoqov, Texnologiya fanidan mashg’ulotlarda Temuriylar davridagi xalq hunarmandchiligi bo’yicha tushunchalar berish. Jizzax, “Tafakkur ziyosi” jurnali, №1, 2022yil, 47-49 b.