Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

YURIST MASLAHATI

  ISH JOYINGIZ (LAVOZIMINGIZ)NI SAQLAB QOLISHNING QONUNIY YO‘LLARINI BILASIZMI? Biz ushbu maqolada siz bilan yuqoridagi holatlarda qanday qilib o‘z ish joyingiz (lavozimingiz)ni saqlab qolishning ayrim qonuniy yo‘llari bilan o‘rtoqlashamiz. Har qanday xodim ham yaxshi haq to‘lanadigan o‘z ish joyi (lavozimi)ni yo‘qotishdan qo‘rqadi yoki xodim ish beruvchining qistovi yoxud tazyiqi bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozishga majbur bo‘ladi va yoki xodim shtat qisqarishi, ya’ni «sokraщenie»ga tushib qoladi. BUNDAY HOLLARDA QANDAY YO‘L TUTSA BO‘LADI? Biz ushbu maqolada siz bilan yuqoridagi holatlarda qanday qilib o‘z ish joyingiz (lavozimingiz)ni saqlab qolishning ayrim qonuniy yo‘llari bilan o‘rtoqlashamiz.  
  1. HOMILADORLIK. Chunki homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, sizning o‘rningiz shtat qisqarishi, ya’ni «sokraщenie»ga tushgan taqdirda ham, ish beruvchi sizni ishdan bo‘shata olmaydi), korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi.
  Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga joylashtirishi shart. Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak (Asos: Mehnat kodeksi 237-moddasi).   Ayollar uchun yana bir maslahat! Homilador bo‘lsangiz, boshqa bir tashkilotga o‘rindoshlik asosida ham ishga kiring! Bir o‘q bilan ikki quyonni urasiz! Chunki o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Ham asosiy ish joyingizdan, ham o‘rindoshlik asosidagi ish joyingizdan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olasiz (Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 18-bandi).   Agar ish beruvchi sizning homiladorligingiz yoki uch yoshga to‘lmagan bolangiz borligini bila turib, ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortsa yoki ishdan bo‘shatsa, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 148-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik kutib turibdi! Ish beruvchi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha (5 million 575 ming) miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.   Erkaklar-chi? Bola parvarishlash uchun ta’tilga, ya’ni dekretga chiqing! Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin (Asos: Mehnat kodeksi 234-moddasi). Agar xohlasangiz, bundan tashqari, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun qo‘shimcha ta’til ham beriladi.   Demak, 3 yillik mehnat staji cho‘ntagimda deyavering! Bu 3 yillik davr mobaynida ish joyingiz (lavozimingiz) saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan uch yil, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi. Bu 3 yil ichida sizni ishlashga qo‘ymayotgan rahbar yo ishdan ketishi yoki boshqa ishga o‘tib ketishi mumkin! Agar shu muddat davomida ham boshliq ketmasa, ikkinchi farzandga tayyorgarlikni boshlang va yana 3 yil muddatni qo‘lga kiriting! Lekin ikkinchi 3 yillik muddat stajga qo‘shilmaydi, biroq ish joyingiz (lavozimingiz) saqlanib qoladi.   Bundan tashqari, agar budjetdan tashqari tashkilotda ishlasangiz, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bolalar sonidan va mehnat stajidan qat’i nazar, har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foizi, ya’ni 477 569 so‘m (ilgari – eng kam ish haqining 2 barobari) miqdorida nafaqa to‘lanadi. (Asos: «Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi (ro‘yxat. № 1113, 14.03.2002 y.) nizom).   Agar turmush o‘rtog‘i ishlamasa-chi, erkaklar ish joyidan dekretga chiqa oladimi? Bunday holatda agar turmush o‘rtog‘i talaba bo‘lsa yoki bolani parvarish qila olish imkoniyatiga ega bo‘lmasa (og‘ir kasal, nogironligi bo‘lsa) erkaklar bola parvarishlash ta’tili olishlari mumkin.  
  1. FARZAND ASRAB OLISH.Yangi tug‘ilgan bolalarni bevosita tug‘uruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga (e’tibor bering, shaxslarga deyilmoqda, ya’ni jins ahamiyatga ega emas) bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lagan holda ta’til beriladi va ularning xohishiga ko‘ra, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun qo‘shimcha ta’tillar beriladi (Asos: Mehnat kodeksi 235-moddasi).
 
  1. ISh BERUVChI SIZNI ISHDAN BO‘SHASHGA ARIZA YoZISHGA MAJBUR QILSA.Bu holatda nima qilish kerak? Shartta arizani yozing-da, orqasidan sudga da’vo arizasini ham yozing!
  Eslatma! Sudga xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy ichida murojaat qilish kerak. Muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, sud muddatni qayta tiklashi mumkin (Asos: Mehnat kodeksi 270-moddasi)!   Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu korxonadagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmog‘i lozim. (Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida»gi qarori 15-bandi).   Agar xodim «men arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganman», degan da’vo bilan chiqsa, mehnat shartnomasini bekor qilinishining asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchi mas’uliyatiga yuklatilishini esdan chiqarmaslik lozim (Asos: Mehnat kodeksi 111-moddasi).   Demak, ish beruvchi sizni ishdan bo‘shatishning asosliligini isbotlab bera olmasa, sud sizni ishga tiklaydi.   Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi.   Zararni qoplash:   majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash shartligidan;   mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga o‘tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya to‘lashdan;   ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lashdan iboratdir. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.   Xodimning iltimosiga ko‘ra sud ishga tiklash o‘rniga uning foydasiga kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha haq undirib berishi mumkin (Asos: Mehnat kodeksi 112-moddasi).  
  1. HARBIY XIZMATGA ChAQIRILSANGIZ, ISH JOYINGIZ SAQLANADIMI?
  Agar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ketayotgan bo‘lsangiz, siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-son qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish o‘rni (lavozimi) saqlab turiladi. Shu bilan bir qatorda, Mehnat kodeksining 165-moddasiga asosan harbiy xizmat vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Xodim muddatli harbiy xizmatga chaqirilsa-chi? Bu holatda Mehnat kodeksining 106-moddasi 1 bandi (xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Biroq harbiy xizmatdan qaytsa yoki iste’foga chiqsa qo‘shimcha kafolatlar bor.   Harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan) xodim rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.   Harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan), lekin keyinchalik rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (o‘tgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega (Asos: Mehnat kodeksi 68-moddasi).   Alikulov Abdurashid Jizzax davlat pedagogika instituti Katta yuriskonsulti