Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

   TASVIRIY SAN‘AT MAYDONIDA AKVAREL RANGTASVIRI

Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna-JIzzax Davlat pedagogika instituti. Baymurzayeva77@gmail.com “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Mamatkulova Afruza Sherzod qizi- JIzzax Davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya. Maqolada akvarel  bo’yog’, uning rivojlanishi va unda ijod qilgan rassomlar , hozirgi davrdagi takomillashuvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Estetik, akvarel, papirus, mohirlik, tasviriy san’at. Аннотация: В статье содержится информация об акварельной краске, ее развитии, художниках, создавших ее, и ее совершенствовании в современный период. Ключевые слова: Эстетика, акварель, папирус, мастерство, изобразительное искусство. Annotation: The article contains information about watercolor paint, its development, the artists who created it, and its improvement in the present period. Key words: Aesthetics, watercolor, papyrus, skill, fine art. Insoniyat sivilizatsiyasi davomida  tasviriy faoliyat davr ruhiyati, ma’naviy va albatta estetik qarashlarni o’zida aks ettirib kelgan. Ma’lumki, borliqdagi mavjud  har bir narsa yoki buyum o‘zining muayan rang tusiga egadir. Tasviriy sanʼatda rang  rangtasvirning asosiy ifodasi va tasvir vositasi hisoblanadi. Jahon tasviriy san’ati taraqqiyotida ranglarni aks ettirishning turli usullari bo’lsada,  biroq barchasining asosini ranglarni bir-biri bilan aralashtirib, yangi rang hosil qilish uslubi tashkil qiladi. Rangtasvirni amalda o‘rganish akvarel bo‘yog‘ida ishlashdan boshlanadi. Akvarel bo’yog’i  bizgacha papirusga ishlangan naqshlar orqali yetib kelgan. Akvarel lotincha so’z bo’lib, suvda eriydigan degan ma’noni anglatadi.Akvarel – o‘zining shaffofligi, yorqinligi, yupqa qatlam hosil qilishi, silliq surkalishi, quyilib va bir joyga qatlam tarzida·yig‘ilib qolmasligi bilan boshqa bo‘yoqlardan alohida ajralib turadi. Tarixga nazar tashlasak, qadimda akvarel Yaponiya, Misrda keng qo‘llanilgan. Angliyada bundan bir yarim asr avval yirik san’at asarlarini akvarel bo’yog’ida ranglash keng rivojlangan. D.Kozens, D.Konstabel, R.Bonington, T.Gyortin kabi rassomlar o’z asarlaridagi Angliyaning go’zal manzaralarini tasvirlashda akvareldan mohirlik bilan foydalanishgan. O‘rta asrlarda Rossiyada bo‘lganidek G‘arbiy Evropada ham akvareldan cherkovga qarashli bo‘lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustratsiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin u vaqtlarda akvarel oq bo‘yoq moddasi qo‘shilgan holda ishlatilar edi. O‘rta Osiyoda akvarel kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo‘llanildi. O‘rta Osiyo rassomlari ichida ayniqsa Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustratsiyalar ishlashda shuhrat qozondi. Akvarelli rangtasvirning rivojlanishi XII asrda kitob rang- tasviri bezagi bilan bog’liq. Buni fors miniaturalari misolida ko’rishimiz mumkin. Bu usul keyinchalik Sharq davlatlariga tarqalib ketgan. XV asrlarga kelib toza yelimli suv bo’yoqdan foydalanilgan (qo’shimcha moddasiz). Ushbu bo’yoqlar o’zining tozaligi, shaffofligi bilan ajralib turgan. Asr o’rtalari- ga borib musavvirlar nafaqat kitob muqovasi bezagida, hatto rasm va badiiy bezaklarda ham yelimli, suvda eriydigan bo’yoq- lardan foydalanishgan. G’arbda akvarel bo’yoqlarining texnik imkoniyatlari birinchi bo’lib Albrext Dyurer (1471 — 1528) tomonidan keng ochib berildi. Buni musavvirning manzarali suratlarida ko’rishimiz mumkin.
 
   
  1. Dyurer. “Quyon”. Akvarel A. Dyurer. “O’simliklar”.Akvarel
  XIX asrning oxirlarida akvarel I.E.Repin, B.A.Serov, M.A.Vrubel kabi rassomlarning asarlarida o‘zining yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rossiya tasviriy: san’ati namoyandalari A.M.Gerasimov, S.B.Gerasimov, O.G.Bereyskiy, Kukriniksilar, N.N.Bolnov, I.Niprinsev va boshqalar ham akvarelda ko‘plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko‘pchiligini kitoblarga ishlangan illyustratsiyalar tashkil etadi. O‘zbekistonda esa akvarelda ishlash san’atining rivojini B. Hamdamiy, O‘.Tansiqboev, G.SHevyakov, G.CHiganov, N.CHeprakov va ayniqsa CH.Ahmarovning ijodida ko‘rish mumkin. . Hozirgi paytda tasviriy san’at asarlarini Akvarel rangtasviri bilan ishlash usullarining yanada takomillashuvi uning turlarining ko‘payishiga olib keldi. Chunonchi, qattiq, yumshoq va xamirsimon holdagi akvarellar mavjud bo’lib, turli kompozitsiyalar chizishda keng qo’llaniladi.   Foydalanilgan  adabiyotlar:
  1. H.Egamov “Bo’yoqlar bilan ishlash” T. “O’qituvchi”  1981-yil.
            2.G’, A. Artiqov “Rangtasvir texnikasi va ashuolar texnologiyasi”      T.”Sharq”, 2007-yil  
  1. M.B. Алпатов “Композиция в живописи.” Т.М.Исскуство 1940г.