Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

TARBIYAVIY ISHLARDA ARTPEDAGOGIKADAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Haqqulov Toxir Raxmatovich,  Jizzax  davlat pedagogika universiteti. Annotatsiya: San’at odamlarni pragmatik maqsadlar chegarasidan tashqariga olib chiqib, insoniyatni hayotga qaytarish, borliqni eng yuksak qadriyatlari orqali haqiqatni o’zlashtirishiga yordam beradi. Aynan san’at orqali – shaxsning axloqiga, shuningdek, tafakkur, tasavvur, histuyg’ulari va hissiyotlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatish mumkin. Ushbu maqolada tarbiyaviy ishlarda artpedagogikadan foydalanishning nazariy asoslari haqida so’z borgan va taxlil qilingan. Kalit sо‘zlar: san’at, tarbiyaviy ishlar, go’zallikka murojaat qilish, qalbni zabt etish, go’zallikni his qilish, insonning his-tuyg’ulari, о‘qitish jarayonlari, badiiy va tarbiyaviy faoliyat, artpedagogika, korreksiya, bilim, kо‘nikma va malaka, badiiy did. FROM ARTPEDAGOGY IN EDUCATIONAL WORK THEORETICAL FOUNDATIONS OF USE Haqqulov Tokhir Rakhmatovich, Jizzakh State Pedagogical University. Abstract: Art takes people beyond the limits of pragmatic goals, brings humanity back to life, helps them master the truth through the highest values of existence. It is through art that it is possible to influence the morals of a person, as well as the formation of thinking, imagination, feelings and emotions. This article discusses and analyzes the theoretical foundations of using art pedagogy in educational work. Key words: art, educational works, appeal to beauty, conquering the heart, feeling beauty, human emotions, teaching processes, artistic and educational activities, art pedagogy, correction, knowledge , skill and competence, artistic taste. ИЗ АРТПЕДАГОГИКИ В ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЕ ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ Хаккулов Тохир Рахматович, Джизакский государственный педагогический университет. Аннотация: Искусство выводит человека за пределы прагматических целей, возвращает человечество к жизни, помогает ему овладеть истиной через высшие ценности существования. Именно через искусство можно воздействовать на нравы человека, а также на формирование мышления, воображения, чувств и эмоций. В данной статье рассматриваются и анализируются теоретические основы использования артпедагогики в воспитательной работе. Ключевые слова: искусство, воспитательные работы, обращение к красоте, покорение сердца, чувство прекрасного, эмоции человека, процессы обучения, художественно-воспитательная деятельность, артпедагогика, коррекция, знание, умение и компетентность, художественный вкус. Kirish. Barchamizga ma’lumki, barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda muhim ijtimoiy talablardan biri bo’lib kelgan. Bu talablarni bajarish esa ko’p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan bo’lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratlariga bog’liqdir. Shuning uchun bo’lajak pedagoglarni tarbiyaviy ish uslubiyotiga doir bo’lgan bilimlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borishimiz, bu borada malaka va ko’nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berishimiz lozim. Tarbiyaviy ishlarga oid bо‘lgan tushunchalarning talabalar ongida aks etishi о‘qish jaryonida egallab olishi lozim bо‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va kо‘nikmalarning aniq belgilangan doirasiga bog’liq bo’ladi. Tarbiyaviy ishlarga oid ta’lim jarayonining mohiyati esa – tarixan tо‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bо‘lib hisoblanadi. ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2023 год №2) http://interscience.uz   Adabiyotlar tahlili. Zamonaviy sharoitda pedagogika oliy о‘quv muassasalarida tarbiyaviy ishlar metodikasi fani doirasida artpedagogikadan foydalanish cheksiz imkoniyatlarga ega bо‘lib, u orqali talabalar maxsus kо‘nikmalarga ega bо‘lishadi. Shuningdek, talabalarda turli xil badiiy vositalari va usullari ta’minlovchi muhim madaniy va ma’rifiy manbalar tarbiyaviy ishlarni olib borish imkoniyatini kengaytiradi. Art-pedagogikaning mazmun-mohiyati oliy ta’lim muassasalari ta’lim va tarbiya jarayonida badiiy faoliyatning turli ko’rinishlari, shuningdek, talabalarning san’at vositalari orqali rivojlanishida, ularda badiiy-madaniy va amaliy bilim, ko’nikmalarni egallashda namoyon bo’ladi. Bu jarayon bir qancha olimlar tomonidan nazariy asoslangan. Talabalarda artpedagogik faoliyat vositalarini о‘zlashtirish, ularning malakasini oshirish jarayonida badiiy texnologiyalar amaliy kо‘nikmalarni shakllantirishga doir G.I.Klepikova va O.A.Tomashevskayalar o’zlarining tadqiqot ishlarini olib borishgan. E.V.Taranov art-pedagogikaning tushunchasini zamonaviy yondashuvlar bo’yicha milliy nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida bir qancha fundamental yondashuvlarini aniqlagan. Bular: Artpedagogik bilimlar: ilmiy, tarbiyalovchi, vijdonlilik va faollik, kо‘rgazmalilik, muntazamlik va izchillik, mavjudlik, individualilik tamoyillariga asoslanadi. Tarbiyaviy ishlarda artpedagogikadan foydalanish bо‘lajak о‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muxim omil hisoblanadi. Art-pedagogika – bu turli xil toifadagi insonlarga badiiy bilim va ko’nikma beruvchi mutaxassisning kasbiy faoliyati sanaladi. Art-pedagogikaning bunday talqin etilishi xorijiy tadqiqot ishlardan art-terapiya tarjimasidan kelib chiqqan degan qarashlar mavjud. Masalan, L.D.Lebedevaning yozishicha, “art-pedagog bolalarni badiiy tarbiyalash va tasviriy san’at masalalarini hal qiladi. Bu kabi yondashuvlar asosida tarbiyaviy ishlar metodikasida artpedagogikadan foydalanish modelini ishlab chiqishimizda esa S.S. Garmashova, S.A. Tyaglova, M.Quronov, SH.Mustafoyevlar tomonidan yaratilgan о‘quv modellarida keltirilgan qoidalar biz uchun muhim manba bo’lib hizmat qiladi. Pedagogik jarayon va artpedagogik tayyorgarlik vazifalari bо‘lajak о‘qituvchining malakasini oshirishga qaratilgan. Umumiy sifatida pedagogik jarayonning maqsadi konseptual ravishda ishlab chiqilgan va tuzilgan. Biz о‘z izlanishlarimizda bо‘lajak о‘qituvchilarni ijodiy badiiy va tarbiyaviy ishlarga tayyorlash va ularni ma’nan shakllantirishga qaratganmiz. Tarbiyaviy ishlar metodakasi fanida artpedagogikadan foydalanishning maqsadli komponenti ma’naviy-ma’rifiy qoidalarga asoslanadi. Bloom taksonomiyasi, unga kо‘ra talaba ta’lim maqsadlari toifalari: bilim, tushunish, qо‘llash, tahlil qilish, sintez va baholashni о‘rganadi. Tarbiyaviy ishlarda artpedagogikadan foydalanish uchun biz Bloomning kengaytirilgan taksonomiyasidan keng foydalanish ham maqsadga muvofiq deb bildik. Unga ko’ra atr-pedagogikadan tarbiyaviy ishlarda foydalanishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: 1. Idrok. Talabada ma’lumot olish istagining mavjudligi. Masalan, talaba bilim olish majburiyatini anglaydi, boshqalarni diqqat bilan tinglaydi, ijtimoiy faolligini kо‘rsatadi. 2. Javob berish. Bu jarayon talabadan ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishni anglatadi. Masalan, individual ravishda о‘z bilimini sinab kо‘rish istagi doimiy ravishda yuqori bо‘ladi.
  1. Qadriyatli yо‘nalish. Bunda talaba demokratik jarayonlarga ishonishini namoyish etadi, bilimning о‘rnini yuqori baholaydi. 4. Tashkiliy. Bunda tarbiya jarayoni nazarda tutiladi. Talabalar turli xil qadriy yо‘nalishlar asosida axloqiy qadriyatlar tizimiga moslashadi. 5. Targ‘ib qilish. Bunda, talabalar о‘ziga ishonch, sadoqatni namoyish etadi. Ijtimoiy va psixologik moslashuvchanlik, sog‘lom turmush tarzini olib boradi. Tadqiqot metodologiyasi. Ko’pincha tadqiqotlar jarayonida art-pedagogika korreksion (tuzatish) ish sifatida qaraladi. Art-pedagogikaning predmeti – bu rivojlanishida muammosi bor bo’lgan bolalarga san’at yordamida pedagogik ta’sir etish hisoblanadi. Shuni alohida qayd etishimiz lozimki, art-pedagogikaning korreksion yo’nalishi fan sifatida Rossiyalik olimlar E.A. Medvedeva, I.Yu. Levchenko va b.lar tomonidan “Maxsus ta’limda art-pedagogika va art-terapiya” tadqiqot ishi sifatida o’rganilgan bo’lib, “Art-pedagogika – bu ikki ilmiy bilim (san’at va pedagogika) sintezi sanalib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni san’at orqali rivojlantirish hamda badiiy madaniyat ko’nikmalarini tarkib toptirish”, deyiladi. Tadqiqotlar doirasida nafaqat korreksion balik, rivojlantiruvchi tarbiyaviy ish faoliyatida art-pedagogikadan keng foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. San’at odamlarni pragmatik maqsadlar chegarasidan tashqariga olib chiqib, insoniyatni hayotga qaytarish, borliqni eng yuksak qadriyatlari orqali haqiqatni o’zlashtirishiga yordam beradi. V.A.Suxomlinskiy “O’g’ilga maktublar” da shunday yozadi: “Gimnastika tanani to’g’rilaganidek, san’at ham inson ruhini “to’g’rilaydi”.
ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2023 год №2) http://interscience.uz yozadi: “Gimnastika tanani to’g’rilaganidek, san’at ham inson ruhini “to’g’rilaydi”. V. A. Suxomlinskiy “Tarbiya to’g’risida”gi kitobida “… har xil yo’llar bilan ruhning sezgirligini rivojlantirish, vijdonni uyg’otish, ma’naviyatni qo’llab-quvvatlash kerak», deydi. “Bunday tarbiya vositalari orasida, birinchi navbatda, go’zallik bilan tarbiya berish birinchi o’rinda turadi. Aynan, go’zallikka murojaat qilish, qalbni zabt etish, go’zallikni his qilish, insonning his-tuyg’ularini shu qadar yaxshiyladiki, u so’zni qabul qila boshlaydi, demak u tarbiyali bo’la boshlaydi”. Shu sababdan ham biz o’z qarashlarimizda artpedagogikadan foydalanish insonni ijobiy tomonga tarbiyalashning asosi sifatida qarashimiz mumkin. Tahlil va natijalar Tarbiyaviy ishlar jarayonida artpedagogik texnologiyalardan smarali foydalanish bо‘lajak о‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini kreativ tashkil etishda samarali usul sanaladi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, “Art-pedagogika – bu san’atning har xil turlarini shaxs tarbiyasiga integrasiyalashgan holda qo’llashga asoslangan pedagogik texnologiya” hisoblanadi. Ushbu yondashuv zamonaviy san’atning barcha imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi va uni pedagogik jihatdan keng amalga oshishiga imkon yaratadi. An’anaga ko’ra, san’at – bu ijtimoiy  ong shakllaridan biri bo’lib, dunyoni o’ziga xos ma’naviy egallash turi hamda voqelikni badiiy va xayoliy qayta ishlab chiqarish usuli sanaladi. “San’at – shaxsning axloqiga, shuningdek, tafakkur, tasavvur, histuyg’ulari va hissiyotlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim ta’lim vositasi”, ekanligi e’tirof etiladi. P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va boshqa olimlar esa, “San’at – bu insonni tarbiyalash, rivojlantirish va o’qitishda samarali omil”, deya ta’rif berishadi. Haqiqatdan ham san’at – shaxsning axloqiga, shuningdek, tafakkur, tasavvur, histuyg’ulari va hissiyotlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim ta’lim vositasi sanaladi. Bu haqida P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va boshqa olimlar shunday deyishadi: “San’at – bu insonni tarbiyalash, rivojlantirish va o’qitishda samarali omil”, deya ta’rif berishadi. San’at insonlarni pragmatik maqsadlar chegarasidan tashqariga olib chiqib, insoniyatni hayotga qaytarish, borliqni eng yuksak qadriyatlari orqali haqiqatni o’zlashtirishiga yordam beradi. Shunga ko’ra biz tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishimizda albatta san’at va pedagogikani bir butunlikda ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2023 год №2) http://interscience.uz 279 o’rgatib borishimiz muhim sanaladi. Ko’rib chiqilayotgan muammo doirasida art-pedagogika oliy ta’lim muassasi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishi bo’yicha quyidagilarni keltirish mumkin: • ta’lim-tarbiya jarayonida tasviriy san’at vositalaridan keng foydalanish; • ta’lim jarayonida pedagog va talaba o’rtasidagi muloqotning ustunligi; • pedagog va talaba hamkorligida badiiy ijodiyot, auditoriya va auditoriyadan tashqari vaqtlardagi turli xil bir-biriga bog’liq mashg’ulotlar(,ustaqil ish, mustaqil ta’lim); • turli mavzularni mohiyatini o’rganishda badiiy adabiyotdan, xalq ogzaki ijodi hamda san’at asarlaridan keng foydalanish;
  • bo’lajako’qituvchilarningkasbgatayyorlashmuhitinivaijodiyfaoliyatinitashkiletishhamdarag’batlantirish. Tarbiyaviyishlarniamalgaoshirishjarayoningsamaradorligi, fanmazmuniniartpedagogikvositalaryordamidasingdirish, tarbiyaviyishlarniamalgaoshirishmadaniyati, keraklibilim, kо‘nikmavamalakagaegabо‘lishlari, ijodiymuloqotqobiliyatningshakllanganligigabog’liqdir. Shunialohidaaytishmuhimki, bo’lajako’qituvchilarniart-pedagogikaasosidakasbiyfaoliyatgatayyorlashimizdaulardaaxloqiyimmunitetnihosilqilishbirinchivazifalardansanaladi. Ya’ni, salbiyholatlargavamuammolargaaxloqanyondashib, san’atorqaligo’zalliknihisqilib, turlivaziyatlargaijodiyyondashibo’z “men”inishakllantirishlarijudamuhimdir.
Xulosa San’atning tarbiyaviy ta’siri uning shaxsga ijtimoiy-psixologik darajadata’sir etishga bog’liq bo’ladi. V. A. Suxomlinskiy “Tarbiya to’g’risida”gi kitobida “… har xil yo’llar bilan ruhning sezgirligini rivojlantirish, vijdonni uyg’otish, ma’naviyatni qo’llab-quvvatlash kerak», deydi. “Bunday tarbiya vositalari orasida, birinchi navbatda, go’zallik bilan tarbiya berish birinchi o’rinda turadi. Aynan, go’zallikka murojaat qilish, qalbni zabt etish, go’zallikni his qilish, odamning histuyg’ularini shu qadar yaxshiyladiki, u so’zni qabul qila boshlaydi, demak u tarbiyali bo’la boshlaydi”degan edi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, haqiqatdan ham tarbiyaning eng birinchi vositasi estetik tarbiya sanalib, biz har bir jarayonni go’zal tushunchalar, chiroyli so’zlar bilan tarbiyaviy jarayonga boshlasak,o’ylagan natijalarimizga albatta yetishamiz. Adabiyotlar.
  1. Ilg’or pedagogik texnologiyalar asrsida dars o’tish yo’llari. O’quv uslubiy ishlanmalar to’plami. – T.: TDIU. 2005. 2. Сухомлинский В.А. О воспитании [Электронный ресурс]. URL:http:// pedagogic.ru/books/item/ro0/s00/z0000009/index.html (дата обращения:08.12.2013 г.). 3. Клепикова Г.И., Томашевская О.А. Артпедагогика в системе подготовки будуших педагогов // Художественно-эстетическое образование в современних условиях: Материали заочной конференции, посвяшенной 45- летию Художественно – графического отделения КГБОУ СПО «Енисейский педагогический колледж», 2013. -С.21-23 4. Ералин К.Е. Изобразителное искусство Казахстана в системе художественнопрофессионалной подготовки будуших учителей изобразителного искусства и художественного труда в педагогических институтах: автореф. дис. …. докт. пед. наук.- М., 1992.- 29с. 5. Небесайева Ж.О. Артпедагогиcҳеский подход в подготовке уcҳителйа/ Материали ХВИ йежегодной международной науcҳно-практиcҳеской конференсии студентов, магистрантов, аспирантов и соискателей «Потенсиал молодежи в Eвразийской интегратсии:- Економика, Право, Политика».- Випуск