Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/01/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida Toshkent shahriga turistik sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 23 dekabrdagi “2022 yilda xodimlar va ularning oila a’zolarini uzaytirilgan bayram kunlarida maroqli va foydali dam olishini tashkil qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi №3-10 ”s”-sonli qarori, shuningdek O‘zbekistonda turizm soxasini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi tegishli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasining “O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil” turizm dasturi va O‘zbekistonda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, xodimlar va ularning oila azolarini mazmunli dam olishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy va boshka sohalarda aloxida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan jami 50 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar  ishtirokida Toshkent shahriga sayoxat tashkil etildi, sayoxat davomida ushbu ko‘xna zamindagi tarixiy obidalardan Zangiota ziyoratgohiga va mustaqillik yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlarni tomosha qilishga muvaffaq bo‘lindi. Bu sayoxat xodimlarimizga mustaqillik yillarida bunyod bo‘laetgan zamonaviy shaharsozlik namunalari bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratish bilan birga xodimlarimiz uchun kelgusi ulkan rejalariga yangi bir turtki bo‘ldi deb o‘ylaymiz.

 


Ulashish:
864
Boshqa rubrikalarda mashhur

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.