Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
16/03/2019
Chop etish
“Ingliz tilini o‘rganishda innovatsiyalar va o‘qitish amaliyoti” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika institutida shu yil 15 mart kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi deb xabar qiladi JDPI matbuot xizmati.

Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan 1875–sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur konferensiya

xorijiy tillarning o‘rni va roli, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda chet tillarning dolzarbligini tobora oshibborayotganligining isboti ekanligi, institutda xalqaro hamkorlik natijasida talablar yaxshi ko‘rsatkichlarga  erishayotganligini institut rektori A.Xolbekov alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelib bir yil davomida ingliz tilidan dars berayotgan o‘qituvchi Vivianna Marsel xonimning faoliyati  e’tiborga sazovordir. Ushbu konferensiya chet tillarni o‘rganishda institut talabalarida yangicha nigoh va ko‘nikmalarni yuksaltirishiga ishonch bildirildi.

Tadbirda AQSh elchixonasi vakillaridan Korsten Michener, Linda Chu xonimlar so‘zga chiqishib, bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tarbiya sohasida  amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ta’kidlab, konferensiya ishiga yuqori baho berdilar.

“Har bir o‘qituvchi, jumladan, maktab, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni muhimligi sir emas. Har bir chet tili o‘qituvchisi dars jarayonida yangi innovatsion texnologiyalardan foydalana olishi, o‘z ustida muntazam ishlab, kasbiy mahoratlarini oshirib borishi va albatta XXI asrga mos dars jarayoninini tashkillashtirishi lozim. Bu konferensiyaning asosiy maqsadi shu aslida”, deb ta’kidlaydi ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi, konferensiya tashkilotchilaridan biri Anora Jabborova.

3 bosqich talabasi Bahodirov Rahim: “Ushbu konferensiyada tashkil etilgan barcha taqdimotlarda ishtirok etdim va o‘zim uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Taqdimotlarning asosiy maqsadi chet tillarni o‘rganish darajasini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, men o‘quv jarayoni uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ama’lumotlarga ega bo‘ldim”.

Halqaro konferensiya yuzasidan AQSh elchixonasi vakili Korsten Michener xonim respublika va mahalliy teleradiokanallarga intervyu berib, shunday deydi: – “Mazkur konferensiya yuksak darjada tashkil etilgan. Bundan keyin ham AQSh elchixonasi va Jizzax davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytiramiz. Institut rahbariyatiga va barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Chet tili o‘qituvchilarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirishda bunday konferensiyalarning o‘rni va roli juda katta va biz doim bu yo‘lda sizlarni qo‘llab quvvatlaymiz”.

Halqaro ilmiy–amaliy konferensiya o‘z ishini sho‘balar yo‘nalishida davom ettirib, unda chet tillarni o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni, chet tillarni o‘rganishning psixologik aspektlari, globallashuv davrida til tasviri muammolari va chet tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotning ahamiyati to‘g‘risida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida AQSh elchixonasi tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar va zarur adabiyotlar taqdim qilindi.


Ulashish:
2 357
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...