Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/06/2022
Chop etish
Qardoshlikdan Ittifoqchilikka yo‘l

 

O‘zbek va tojik xalqi azaldan bir mintaqada yashab kelgan. Ularning ko‘p ming yillik shonli tarix birlashtirib turadi. Ikki xalqning tarixiy, madaniy yaqinligi, urf-odat va an’analarning o‘xshashligi hamkorlik rishtalari doimiy rivojlanishini kafolatlaydi. Ayniqsa, ayni paytda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining o‘zaro tushunish va hamkorlik uchun bir-biriga ochiqlik siyosati uzoq asrlik hamkorlikning yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytib o‘tganidek: “O‘zbekiston xalqi birodar tojik xalqi bilan tarix, madaniy-ma’naviy meros va ajdodlarimizning ezgu an’analari mushtarakligiga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qadrlaydi. Yorug‘ kunlarda ham, sinovli damlarda ham biz doimo yelkama-yelka turganmiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz”. Bu juda to‘g‘ri aytilgan gap. Har qanday sinov qarshisida ikki xalq o‘zaro yaqinligini ko‘rsatib kelgan.

Bunday uzoq tarixga ega qardoshlik 2022 yil 2 iyun kuni imzolangan Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan davom ettiriladigan bo‘ldi. Ushbu Hujjatning tarixiy ahamiyati katta. Hamkorlikning hozirgi bosqichida ittifoqchilik shartnomasi mintaqadagi va umuman dunyodagi geoiqtisodiy vaziyat murakkablashib borayotgan paytda o‘zining ijobiy rol o‘ynashi aniq.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini Tojikistonda juda qadrlashadi. Chunki mustaqillik yillarida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanilmay kelindi. Oxirgi besh yil davomida esa hamkorlik aloqalari yuqori sur’atga kirdi. Buni keyingi yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi qariyb 40 barobarga oshganida ham ko‘rish mumkin.

Joriy yil 20 iyun kunidan boshlab Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ikki davlat fuqarolari va tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Temir yo‘l iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanadi. Ushbu yo‘l ikki mamlakat uchun kelajak yo‘li bo‘lib qoladi.

O‘zbekiston-Tojikiston tomonlari hamkorlikni rivojlantirish maqsadida yangi tranzit yo‘laklarini shakllantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, havo, temir yo‘l transporti va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, birgalikda agroklasterlar va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishga kelishib oldilar.

O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlanganligini alohida aytib o‘tish kerak. Biz Jizzax viloyatida yashaymiz. Viloyatning Baxmal, Zomin, Yangiobod tumanlari qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Bir-biri bilan qarindoshlik, quda-andachilik rishtalari bilan bog‘langan o‘nlab oilalar mavjud. Ular uchun yana bir xursandchilik hisoblanadi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishini ham ta’minlaydi. Bunday hamkorlikdan jizzaxlik va sug‘dlik aholining mamnunligini alohida ta’kidlash lozim.

Umuman O‘zbekiston va Tojikistonning ittifoqchiligi ikki mamlakat uchun keng istiqbol eshiklarini ochishi shubhasiz.

 

To‘ychi Axmedov, Jizzax davlat pedagogika instituti

kafedra mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.

 


Ulashish:
676
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.
JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...