Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yil sarhisobi” bo‘lib o‘tdi

Yangi yilni barchamiz intizorlik bilan kutamiz. Bolalikdan yangi yil bayrami quvonchlar va yangi orzular olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolgan.  Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan “Yangi yil karnavali” mo‘jizalarga boy bayram bo‘ldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Tadbir avvalida institut retkori Sh.Sharipov  so‘zga chiqib, o‘tayotgan yilda oliygohda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlarga to‘xtaldi. Shuningdek yangi kirib kelayotgan yilda oldinda qilinishi  lozim bo‘lgan ishlar, maqsad va rejalarning amalga oshishida barchaga kuch-g‘ayrat, shijoat tiladi. Shundan keyin  sport sohasida respublika va jaxon miqyosida ulkan yutuqlarga erishgan 57 nafar sportchi talabalarimizga (eng kam ish haqining 3 baravarigacha) pul muokfoti va faxriy yorliqlar topshirildi.

Taqdirlash marosimida shuningdek “Yil talabasi-2021” ko‘rik tanlovining institut bosqichi g‘oliblari olgan nominatsiyalarga ko‘ra  (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 8 baravarigacha) pul mukofotlari  hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  Bayram munosabati bilan tayyorlangan badiiy qism dasturida ertak qaxramonlari Qorbobo va Qorqiz, yovuz Yalmog‘iz ishtirokida sahnaviy ko‘rinishlar namoyish qilindi. Institut Musiqiy ta’lim fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiqlarga esa tomoshabinlar va talaba yoshlar raqslarga tushishdi. Bir so‘z bilan aytganda bayram bayramdek bo‘ldi. Unda hamma quvnadi…zavq oldi…


Ulashish:
937
Boshqa rubrikalarda mashhur

Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nazm va navo kechasi” o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyi bugun mumtoz musiqasining haqiqiy shaydolarini bir davraga jam qildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Aniq fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Joriy yilning 9-fevral kuni Aniq fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Doktorantlar uchun “Yirtqich jurnallarni aniqlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ne’matov Ozodbek Ne’matovich tomonidan olib borildi.