Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Yuraklarda iftixor uyg‘otgan bayram

Jizzax davlat pedagogika isntitutida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri  “Vatanparvarlik oyligi”ga hamohang tarzda tashkil etildi. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30  yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Jizzax davlat pedagogika institutida ham  madaniy –ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek sana munosabati  bilan institutda mehnat qilayotgan Afg‘on urushi, Chernobil halokati hamda zaxirdagi ofitserlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tantanali tadbirini  institut rektori ochib berdi u o‘z so‘zida  Yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlovchi qudratli kuch – Vatan himoyachilari kuni bayramining alohida qadr-qimmati, ahamiyati, o‘rni borligini.  “Vatan himoyachilari kuni” bayrami nafaqat harbiylarning, balki har bir yigitning, har bir bo‘lajak Vatan himoyachisining va ularni dunyoga keltirgan onalari, doimo duogo‘y bo‘lgan ota-bobolarining ham haqiqiy milliy bayrami ekanligini alohida ta’kidladi . “Albatta, Vatanning har qarich yeri biz uchun aziz. Ana shu yurt, uning buguni va kelajagi uchun jon fido etgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ezgu ishi hech qachon unutilmaydi.Ularning davomchilari bo‘lmish Vatan himoyachilari haqli ravishda yurtning faxri va iftixori sanaladi. Sizning o‘z xizmat vazifangizni bekamu-ko‘st bajarishda barcha sharoitlarni muhayyo qilib, farzand tarbiyasidan boshlab oiladagi barcha tashvishlarni o‘z zimmalariga olib, sharaf bilan bajarib kelayotgan turmush o‘rtoqlaringizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga ana shunday tinch-farovon zaminni uzoq yillar qo‘riqlash nasib qilsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin azizlar! ”, -deydi institut rektori Sh.Sharipov   Shundan so‘ng bir Afg‘on urushi, Chernobil halokati qatnashchilari hamda bir guruh zaxiradagi ofitserlarga  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida so‘z olgan profesor-o‘qituvchilar bu bayram aslida  Vatan fidoyilari, Vatanni asraguvchilar, yuksaltirguvchilar va uni jon-u dildan sevguvchilar bayrami ekanligini ta’kidlashdi. Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati