Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

   Yo‘l –yo‘lakay …(Tahrirsiz xayollar )

Xayol qursin,  ertalab shoshib yo‘lga chiqib ishga ketayapman xayolimda nimanidir unitib qoldirgandekman.  Yarim yo‘lga yetganda sumkamni ochib  tekshira boshladim . Kalitlar bor, hamyon joyida eng keragi telefon ham turibdi…nimani unitibman-a ?

-assalomu alaykum , qo‘shni maskangiz qani? Ro‘paramdan kelayotgan qo‘shni ayolning savoli dovdiratib qo‘ydi…Ex kallam qursin niqob qolib ketibdiku uyga qaytay desam, (o‘lgudek irimchiman ) buning ustiga uydan ancha uzoqlashganman, qaytmay desam niqobim  yo‘q. Eng yaqin do‘kongacha shunday ketishga ahd qildim. Do‘konga kirib to niqob sotib olmagunimcha o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman… Xursand bo‘lganim shuki bugun qaysi do‘kon yoki  dorixonaga kirmang (Jizzaxda) pulingizga yarasha tibbiyot niqobning hamma turidan topa olasiz. Bu so‘zlarni nega yozdim? bugun juda ko‘plab mamlakatlarda oddiy tibbiyot  niqob tanqisligi yuzaga kelganda biz bu muammo deyarli duch kelmadik. Quyida keltirilgan ma’lumotlar boshqa davlatlarda tibbiyot niqoblariga bo‘lgan ehtiyoj  va talab ushbu vaziyatda yuzaga chiqayotgan muammolar haqida.

                                          

                                                                                         

                                                                                AQSh

Ushbu davlat 15 yil oldin tibbiyot tovarlari va dori-darmonlar strategik zaxirasini yaratishni boshlagan edi. Aytishlaricha, kichik Jorj Bush “ispan grippi” epidemiyasi haqida kitob o‘qib, undan  ta’sirlanganidan so‘ng shu ishga qo‘l urilgan. O‘shanda ko‘pi bilan qariyb 100 mln.ta niqob yig‘ilgan ekan. Biroq ularning asosiy qismi 2009 yilda cho‘chqa grippi avj olgan paytda ishlatilgan. Obama ma’muriyati esa mablag‘larni tejash maqsadida zaxirani to‘ldirmadi. Natijada bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida AQSh hukumati tasarrufida bor-yo‘g‘i 30 mln.ta foydalanilmagan niqob qoldi. Vaholonki, mamlakat aholisi 327 mln. kishiga teng.

Boz ustiga, Amerika bozorlari uchun tibbiy niqoblarning  95 foizi Xitoydan keltirilardi. Chin o‘lkasida epidemiya boshlangach, u yerda har qanday niqob eksporti taqiqlandi.

AQShlik tadbirkorlarning o‘zlari esa oyiga 50 mln.tagacha niqob tayyorlay olishadi. Ayni paytda bu boradagi tanqislikning oldini olish uchun kamida taxminan 300 mln.ta niqob yetkazib berish kerak. Tramp esa niqoblar yetishmovchiligi uchun jarimalar va boshqa qo‘shimcha vositalarni qo‘llashga chaqirmoqda. Nyu-yorklik shifokorlar esa bir niqobni haftalab taqib yurishlariga to‘g‘ri kelyapti.

                                                Fransiya

2009 yilda cho‘chqa grippi paytida yaratilgan strategik zaxira(1,6 mlrd. dona)ni 2011 yildan boshlab yangilab borish to‘xtatilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy tejamkorlik va global kun tartibiga moslashish bo‘lgan. Bugungi kunda bu davlatda niqob tayyorlash bilan bor-yo‘g‘i to‘rtta korxona shug‘ullanyapti. Ularning kunu tun rejimdagi haftalik quvvati 6 mln. donaga teng. Bu ehtiyojlarga nisbatan 4 barobar kamdir.

Defitsit sababli mamlakatdagi barcha niqoblar zaxirasi faqat shifokorlar va bemorlar uchun ishlatiladi. Sotuv esa faqat retsept orqali amalga oshiriladi.

                                           Germaniya

Yalpi tanqislik paytida hukumat ushbu ishni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ko‘ngillilar va har qanday muassasalarni niqob tikishga chaqirmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida esa bir martalik respiratorlarni tashlab yubormaslik va ularni virusni yo‘q qilish uchun 9 kun muzlatib qo‘yish hamda takroran foydalanish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan.

Chayqovchilarda FFP3 toifasidagi bir dona niqobning narxi 40 yevro bo‘lsa, ulgurji savdoda FFP2 – 7 niqobi 7 yevrodan(odatda ularning narxi 11-60 sent atrofida bo‘lardi) sotilyapti. Uch qavatli oddiy tibbiy niqob qiymati esa 5 barobar oshib ketgan. Ularni yetkazib berish muddatlari esa ikki haftadan bir oygacha cho‘zilmoqda.

                                                      Italiya

Koronavirus kirib kelishi bilan Apeninda niqoblar tanqisligi boshlanib, ularning narxi osmonga chiqib ketdi. Agar inqirozgacha bir dona niqob arzimagan pul turgan bo‘lsa, fevral oxirida ularning narxi avvaliga 5-6 yevro, keyin 10 va hatto 15-20 yevrogacha ko‘tarildi.

Ushbu muammoni boshqa mamlakatlardan niqob sotib olish va ichki ishlab chiqarishni kengaytirish(bunga ko‘pchilik — dizaynerlik uylari, «Lamborghini» kabi avtokonsernlar) hisobiga bartaraf etishga harakat qilinyapti, biroq bu vaziyat hali-beri iziga tushmaydigan ko‘rinadi.

                                                       Ispaniya

Hatto tibbiyot xodimlari uchun ham niqoblar va boshqa himoya vositalarining ommaviy yetishmovchiligi sabab mamlakatda 6,5 ming shifokor koronavirusni yuqtirib olgan. Mart oyida bu yerda niqoblarga nisbatan talab 80 barobar oshib, ularning bir donasi narxi 6 yevrogacha qimmatlashdi.

(ma’lumotlar platformauzb telegram kanalidan olindi )

                   Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati