Umumiy ma’lumotlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida bir kun.
Saboq berish – mahorat, dars o’tish – sa’nat. Yaxshi pedagog bo’lish uchun o’z fani, sohasi va yo’nalishini bilishning o’zi kifoya qilmaydi. O’qituvchi bugungi kun tili bilan aytganda «universal» bo’lishi kerak: O’z yo’nalishidan tashqari yana, boshqa fanlardan ham xabardor bo’lishi, buning ustiga yaxshi notiq, malakali psixolog, o’rni kelganda mahoratli aktyor ham bo’lishni uddalashi lozim.
Jizzax davlat pedagogika universiteti jamiyat uchun ana shu xislatlarni o’zida jamlagan yetuk mutaxassislarni yetkazib berishni maqsad qilgan oliygoh.
Tarixga nazar tashlasak, 1974 yilda tashkil topgan instutitning dastlab atigi ikkita – O’zbek tili va adabiyoti hamda matpatika fakultetlari bo’lganini, 425 nafar talaba va 29 nafar ustozlar bilan o’z faoliyatin boshlaganiga guvoh bo’lamiz.
50 yillik tarixga ega bu dargohning ham o’z tosh-u tarozisi, oltin qoidalari bor. Ahil jamoaning oltin qoidalari esa juda oddiy … ilmda, sa’natda sport va kundalik xayotda oldinda bo’lish. Yaxshilik ulashish. Ezgu g’oyalar yo’lida xizmat qilish.
Yangi O’zbekistonning barcha sohalarda bo’layotgan islohotlar, yangilik va o’zgarishlar oliy ta’lim tizimida ham o’z aksini topmoqda. Jizzax davlat pedagogika universiteti ham bundan mustasno pas. Ana shunday qaynoq xabarlar, ma’lumot va yangiliklar, iqtidor egalarining yutuqlari, jonkuyar ustoz va talabaning bir kunini bizdan topasiz. Universitet sayti sizga bularning baridan hikoya qiladi.
Universitet ostonasiga katta umidlar va orzular bilan qadam qo’yib, talaba bo’lish baxtiga musharraf bo’lganlar hayoti, ilmidan baxt topgan ustozlar fikrlari, ularning xayot yo’li, umrlarga tatigulik pand nasihatlarini, ilm-fan olamidagi so’nggi yutuqlarni, sizga ilinamiz. Muammo va kamchiliklar bilan bo’lishamiz.
Ko’zlagan niyatlarimizga erishish yo’lida fikringiz, qarashlaringiz biz uchun juda ahamiyatli.
Keling, ko’ring, bahramand bo’ling. Barchamizni bog’lab turgan ko’rinmas rishtalar orqali sizga taqdim etayotganlarimiz saodat kaliti bo’lsin.