Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
Sharifova Irina Mavlonova
Telefon: +(99893) 297 85 67
Elektron manzil:
Qabul vaqti: Dushanba — shanba – 09.00-18.00
Bosh mutaxassis
Telefon: +(99891) 590 89 60
Elektron manzil: jdpi.islom@mail.ru
Bosh mutaxassis
Telefon:
E-mail:
Mutaxassis
Telefon: +(99893) 306 93 83
E-mail: sardornorbotayev96@gmail.com
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig’ilishining 2023-yil 10-fevraldagi 2-son bayoni 6.3-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 72-son buyrug’iga muvofiq takomillashtirilgan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Bo’lim Nizomi universitet Kengashining 2023-yil 4-apreldagi 8-son bayonnomasi 8/3.10-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bo’lim Nizomi 6 bo’lim, 28 banddan iborat. Nizomda umumiy qoidalar, bo’limning asosiy vazifalari va funksiyalari, bo’limning huquq va majburiyatlari, bo’lim ishini tashkil etish, bo’lim xodimlarining malaka talablari va funksional vazifalari, yakuniy qoidalar keltirilgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari:
- universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
- universitet talabalari bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o’zlashtirish darajasini o’rganib borish va tahlil qilish;
- ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o’qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o’qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
- professor-o’qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
- universitetni ichki baholashdan o’tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish;
- o’quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to’g’ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o’rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
- malaka talablari, o’quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar va mehnat bozori talablariga mos bo’lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
- bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o’rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;
- o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo’lga qo’yilganligini o’rganib borish;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo’yicha ko’rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
- professor-o’qituvchilarga o’quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
- axborot-resurs markazida talaba va o’qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fan bo’yicha o’quv dasturlariga mos darsliklarning mavjudligini o’rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
- ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlariga, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
- universitet professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarning tegishli dars beradigan fan (lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligi yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarini universitet rektoriga ma’lum qilish;
- universitetda talabalar amaliyoti “4+2 tizimining” ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarini inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- universitet reytingini xalqaro darajada ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
- universitetda jamoatchi ekspertlar guruhini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarni muntazam ravishda o’tkazib borish;
- ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish;
- vazirlikning topshirig’iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganishda ishtirok etish.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining huquq va majburiyatlari:
- bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun universitet tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
- universitet va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o’quvchilarni o’qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo’yicha ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o’rganish;
- universitetda ichki baholashda aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uni o’z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;
- universitetda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, ma’sullarga nisbatan tegishli choralar ko’rish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpozimlar, seminar va o’quvlarda ishtirok etish
- belgilangan tartibda universitet Kengashiga saylash va saylanish
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish;
- xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z shaniga dog’ tushirmaydi
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda universitetning davlat ta’lim standarti va malaka talablariga mos ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.