2-bo’lim
Atamurodov Ulug’bek Saidovich
Telefon: +(99872) 226-68-12
Faks: (0372) 226 46 56
Elektron manzil: dilorom@mail.ru
Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00
Muhandis
Telefon: +(99890) 296 11 58
Muhandis
Telefon: +(99890) 516 15 09
Muhandis
Telefon: +(99899) 564 61 11
Umumiy qoidalar:
Institut II-bo’limi institut strukturaviy tarkibida alohida bo’lim sifatida faoliyat ko’rsatadi va institut rektoriga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysinadi. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi Qonunga va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 martdagi «O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro’yxatga olish to’g’risida Nizomni tasdiqlash xaqida»gi 119-sonli qarorga hamda institut Ustaviga va institut rektori buyruqlari, ko’rsatmalari, yo’riqnomalari va mazkur Nizomga amal qiladi.
Bo’limning asosiy vazifalari:
Bo’lim institutda faoliyat ko’rsatayotgan profesor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar hamda kunduzgi bo’lim talabalarini, xarbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xarbiy ro’yxatga olishni tashkil qiladi va yuritadi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq, institut rektori, prorektorlar, fakultet dekani va uning o’rinbosarlari, muhandis texnik xodimlar, malakali ishchilarni safarbarlik va urush davri uchun bronlash (urush vaqtida o’z ish joyida qoldirilishini avvaldan tayinlash) ishlarini o’z muddatida rasmiylashtiradi. Bo’lim Jizzax shaxar mudofaa ishlari bo’yicha bo’lim bilan hamkorlikda ish olib boradi. O’zbekiston Respublikasi «Umumiy xarbiy majburiyat va xarbiy xizmat to’g’risida»gi Qonunning 21-moddasiga asosan, kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarga ma’lumotnomalarni (26-forma) qonun hujjatida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi. Institut talabalari safidan chiqarilgan bitiruvchilar, boshqa oliygohga o’qishni ko’chirgan, akademik ta’til olgan hamda o’qishdan chetlashtirilgan talabalarni institut ro’yxatidan chiqarib, belgilangan tartibda tahlilini olib boradi.
Bo’lim o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan quyidagi huquqlarga ega:
- Bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun institut fakultet va bo’limlaridan belgilangan tartibda, zarur bo’lgan ma’lumotlarni talab qilib oladi.
- Institut professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalarini bo’limga chaqirtirish xamda xarbiy xizmatga doir tegishli bo’lgan vazifalar beradi.
- Institutning bo’limga aloqador bo’lgan buyruqlariga o’z takliflarini beradi.
- Turli tashkilotlardan, jumladan shahar va tuman mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlardan kelgan so’rovnomalarini ko’rib chiqib, o’rnatilgan tartibda bo’lim tomonidan javob yo’llaydi.
Bo’lim faoliyatiga institut rektori tomonidan tayinlangan bo’lim boshlig’i rahbarlik qiladi. Bo’lim muhandisi bo’lim boshlig’i tavsiyasiga binoan, rektor buyrug’i bilan tayinlanadi. Bo’lim boshlig’i va bo’lim muhandisi bo’limga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga javob beradi.