Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2020
Chop etish
Talabalarga haqiqiy bayram sovg‘asi…

Jizzax davlat pedgogika instituti yangi o‘quv binosi talabalarga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti yangi o‘quv binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ta’kidlash joiz bugun oliygohda 524 nafar professor-o‘qituvchilar, 11000 mingdan ziyod talaba yoshlarga bilim berishadi. Shuningdek bu maskanda 19 nafar fan doktori , 130 dan ziyod fan nomzodlari bor. Tadbirda so‘z olganlar bugungi imkoniyatlar haqida to‘xtalish bilan bir qatorda, oliygoh halqaro hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratayotganligini, talaba yigit qizlarimizning faqat ilm olishlari uchun yetarlicha imkoniyat yaratilayotganligini shuningdek barcha sharoitlarga ega o‘quv binosi yangi 2020 yil uchun haqiqiy sovg‘a ekanligini ta’kidlashdi.

Barcha sharoitlarga ega, toza va ozoda,  yangi dars xonalar  ushbu dargohda ta’lim olayotgan talabalarimizni yanada ko‘proq bilim olishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda ularni ilhomlantiradi. Bugun mana shunday ko‘rkam va ixcham, zamonaviy barcha sharoitlarga ega bino Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi va talabalar ixtiyoriga topshirilmoqda.

Ushbu zamonaviy va barcha sharoitlarga ega Jizzax davlat pedagogika instituti binosi rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlari Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi buyurtmasiga asosan “GLOBAL TRANS QURILISh MONTAJ” MChJ  pudrat korxonasi tomonidan amalga oshirildi.Jizzax davlat pedagogikainstituti o‘quv binosi rekonstruksiya ishlari hamda “Madaniyat saroyi “binosiining kapital ta’mirlash ishlariga jami 47,301 mlrd so‘m mablag‘i ishlatildi.

                                                                              Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 245
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...