Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2022
Chop etish
 Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

Abdulla  Qodiriy  nomli  Jizzax  davlat  pedagogika universiteti madaniyat saroiyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ana shunday nomlandi

Yig‘ilishda viloyat huquq tartibot idoralari vakillari, Jizzax shaxar soliq inspeksiyasidan ma’sular, oliygohning yoshlar   masalalari  bo’yicha   dekan   o’rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etishdi.

Talabalar orasida huqubuzarlikni sodir etish sabablari hamda uni sodir  etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf  etish tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida  Universitet “Odob-axloq qoidalari”ga hamda ichki tartib intizom nizomi  talablariga  qat’iy  rioya  qilish,  atrofdagilarda “Universitet talabasi” degan  nomga  nisbatan  faxr-iftixor tuyg’usini  shakllantirish har bir talabaning burchi ekanligini, universitetda  sog’lom muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda  obro’-e’tiborini asrab-avaylash lozimligini ta’kidladi.

Afsuslar bo‘lsinki bugun ayrim talabalar bu qoidalarga rioya qilmaydi, ayrim  huquqiy savodxonligi past talabalar tufayli huqubuzarlik va jinoyatlar sodir etilmoqda. Vaholanki, universitetimizda talabalar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun  97 ta ijodiy va fan to’garaklari, turli klublar faoliyat yuritib kelmoqda. Turli tanlovlar va festivallar ham shular jumlasidandir. Shunga qaramay universitet talabalari tomonidan bir nechta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilgan. Bu albatta jamoa uchun achinarli holatlardan biridir. Yig‘ilishda so‘z olganlar bugun talaba yoshlarni bilib-bilmay ko‘p pul mablag‘iga ega bo‘laman degan umidda tuzoqqa ilinmasliklarini, doim ogoh bo‘lishi lozimligini ta’kidlashdi. Shuningdek  xakerlar tomonidan  ishlab chiqilgan turli xil dasturlar va ilovalarga aldanib plastik kartochkadagi pullarning yechib olinayotganiligi Bu holat bo‘yicha ham talabalarga tushuntirish ishlari olib borish lozimligini ta’kidlashdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar Huquqbuzarlikka moyil talabalar va ularning ota-onalari bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borishga,  talabalarini odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish orqali nazoratini kuchaytirishga, soha mutaxassislarini jalb qilgan holda doimiy ravishda davra suhbatlari tashkil qilishga kelishib olishdi.

 

 


Ulashish:
1 015
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.