Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2020
Chop etish
So‘z mulkining sultoni..

 Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda.

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroiyda  Alisher Navoiy  tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Oliygohning Boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan tashkillashtirlgan tadbirda professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov bugun yurtimizda shoir xotirasi abadiylashtirilgani uning jahon adabiyoti xazinasiga qo‘shgan buyuk hissasi hamda cheksiz iste’dodiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi ekanini ta’kidladi

Shoir va davlat arbobi siymosi mangu barhayotdir. Xalqimiz she’rxonlikni yaxshi ko‘radi, adabiyotni sevadi, Alisher Navoiyni mangu ardoqlaydi.Adabiy badiiy kechaga yig‘ilganlar shoir ijodidan bahramand bo‘lishdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.Buyuk mutafakkir bobomizning eng muhim maqsadi va asl maslagi inson ko‘nglini obod etish edi:

Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron o‘lsa obod aylagay…

Shu kuni buyuk bobokalonimiz tavalludiga bag‘ishlangan  adabiy kecha mushoiraga aylanib ketdi .Unda talaba yoshlar shoirning o‘lmas merosi g‘azallaridan o‘qib berishdi. Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiyni o‘qish va uqish, o‘rganish, targ‘ib qilish,ayniqsa, yoshlarimizga o‘zligini anglatish, ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida, umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.

                                                                                                                                                                                 Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 060
Boshqa rubrikalarda mashhur

Muhtarama va mo‘tabar ayollar, qadrli ustozlar, aziz talaba qizlar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...