Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2022
Chop etish
“So‘lim go‘shada madaniy hordiq”

Baxmal tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Mahallalarda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, oliy ta’limda o‘qishini davom ettirishga ko‘maklashish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti doimiy ravishda   hamkorlikni davom ettirilib  mahalla yoshlari uchun turli xil to‘garaklar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Baxmal tumanidagi Uzunbuloq MFY da bo‘lib o‘tdi. “So‘lim go‘shada madaniy hordiq” mavzuida bo‘lib o‘tgshan tadbir institut Musiqiy madaniyat fakulteti tomonidan tashkillashtriilib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, mahalla faollari, hududda joylashgan umumta’lim maktabi jamoasi va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida «Mahallaga kitob sovg‘a qilaman» aksiyasi tashkil etildi. Musiqiy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari va faol talabalari tomonidan mahalla yoshlariga kitoblar sovg‘a qilindi. SHuningdek, 5 ta muhim tashabbus doirasida musiqa, rassomchilik va kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida iqtidorli talabalar tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi. Unda talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan ham sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. O‘ziga xos tarzda bo‘lib o‘tgan tadbir yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.


Ulashish:
1 132
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...