Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать некорректно.
Вопросы
Вопросы
|
01/04/2021
Распечатать
“Huquqiy maslahathona” ruknidan: Homiladorlik va tug’ish ta’tillar qancha muddatga beriladi va tartibi qanday bo’ladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan ayollar homilador bo’lsan va O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo’lsa tuqqunga qadar 70 (yetmish) kalendar kun va tuqqandan keyin 56 (ellik olti) kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda —yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 19-yanvarda 873-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotlarni berish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomaning 30-bandiga asosan homiladorlik va tug’ish bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning 30-haftasidan boshlab, 126 kalendar kuni uchun ayollar maslahatxonasi yoki tug’ruqxonalar, majmualar, bo’linmalarning shifokorlari, ular bo’lmagan joylarda esa umumiy davolash profilaktika muassasalarining akusher-ginekologlari tomonidan yaxlit qilib beriladi.
Ushbu mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun asos bo’ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi korxonaning kadrlar bo’limi, u bo’lmasa buxgalteriyasiga topshirilishi kerak.
Ayollar homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqish vaqti haqida ish beruvchingizni oldindan xabardor qilishi kerak.
Homilador ayolga 70 (yetmish) kalendar kun va tuqqandan keyin 56 (ellik olti) kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda —yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tili beriladi va shu davr uchun nafaqa to’lanadi.
Qonun talabiga ko’ra, ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo’lganda nafaqa ish haqingizning 75% foizi, 12 oydan oshiq bo’lganda esa 100% miqdorida to’lanadi. Ya’ni, aytaylik 1 mln. so’m oylik ish haqi oladigan ayol atigi 5 oy ishlab «dekret ta’tili»ga chiqqan bo’lsa, uning bir oylik nafaqasi miqdori 750 ming so’mni tashkil etadi. Nafaqa barcha oylar uchun oldindan to’lab beriladi.


Поделиться:
46 207
Популярное в других рубриках

Продолжается официальный визит делегации Джизакской области в Китайскую Народную Республику.
В составе делегации принимает участие ректор Джизакского государственного педагогического университета Максуджан Юлдашев. В ходе переговоров обсуждаются вопросы расширения инвестиционного сотрудничества, реализации совместных проектов и внедрения...
Студенты Джизакского государственного педагогического университета добились высоких результатов на международных и республиканских спортивных аренах
Студенты Джизакского государственного педагогического университета в апреле 2026 года успешно выступили на международных и республиканских спортивных соревнованиях, завоевав ряд высоких наград.