Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

O‘quv jarayonida bulutli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari

Shokir Ravshanovich Bobobekov JDPU o‘qituvchisi Tel: (+93) 540-41-25, E-mail: sh.r.bobobekov@mail.ru Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarga masofaviy о‘qitishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanishda bulutli texnologiyalarning avfzalligi va imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, talabalarni “Axborot xavfsizligi” fanidan mustaqil ta’limni tashkillashtirish va uni axborot resurslari bilan ta’minlashning yangi vositasi bulutli texnologiyalarga asoslangan “Google classroom” tarmoq xizmatida ishlash bo‘yicha amaliy ishlanma keltirilgan. Kalit sо‘zlar: ta’lim, bulutli hisoblash, bulutli texnologiyalar, bulutli xizmatlar, bulutli tarmoq platformasi, google classroom. Аннотация В этой статье рассказывается о преимуществах и возможностях облачных технологий в обеспечении и эффективном использовании дистанционного обучения студентов. Также представлена практическая разработка новой организации самостоятельного обучения студентов по предмету “Информационная безопасность” и её обеспечение  информационными ресурсами на базе облачной         технологии в сетевом сервисе “Google classroom”. Ключевые слова: образование, облачные вычисления, облачные технологии, облачные сервисы, облачная сетевая платформа, google класс. Annotation This article discusses the advantages and opportunities of cloud technology in providing distance learning to students and their effective use. Also, the new tool for organizing independent education and providing students with information resources on the subject of “Information Security” is a practical tool for working in the cloud-based “Google classroom” network service. Key words: education, cloud computing, cloud technologies, cloud services, cloud network platform, google classroom. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati, birinchi navbatda jamiyatning intelektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog’liq. Hozirgi kunda ta’lim mazmuni va sifat masalalari jamiyatda ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Dunyonining rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda zamonaviy pedogogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda [3]. Mamlakatimizda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ta’lim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish ta’lim muassasalarida bugungi kun ehtiyojlarini qondirishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi [1,2]. Hozirgi kunda bulutli hisoblash (cloud computing) deb ataladigan hisoblash tarmog’i jadallik bilan rivojlanmoqda. Dunyo miqyosida bulutli hisoblash sohasi va ular taqdim etayotgan xizmatlar spektri ortib, uning qulayligi sababli foydalanuvchilari soni ham kun sayin kengayib bormoqda. Shuningdek, bulutli xizmatlarga talab va ehtiyojlarning ortishi bilan tizimga tushuvchi yuklama miqdori ham kattalashmoqda. Bulutli texnologiya muhitida o‘qituvchi o‘zining dars mashg’ulotlarini an’anaviy, aralash va noan’anaviy ta’lim shakillarida tashkil etishi mumkin, buning uchun serverni ijaraga olish yoki hosting xizmatlaridan foydalanish hech qanday mablag’ talab etmaydi. Bunday vazifalarni bulut provayderi o‘z zimmasiga oladi. Bulut texnologiya yordamida tashkil qilingan ta’limda ta’lim oluvchilar uchun ham bir qancha imkoniyatlar mavjud, bunday imkoniyatlar sirasiga ta’limga tegishli barcha resurslarning bir joyda saqlanishi, bu esa zarur axborotlarni izlashga hojat qolmaydi. Tadqiqotning maqsadi, о‘quv jarayonida mustaqil ta’limni masofali tashkillashtirish va uni zarur ta’lim resurslari bilan boyitishning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish bо‘yicha tavsiyalar taqdim etishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti va qо‘llanilgan metodlar Internet texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim oluvchilarga axborot-resurslarni taqdim etishning yangi vositalarini yaratilishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida masofali о‘qitish uchun axborot-resurslarni taqdim etishning bir qancha texnologiyalari joriy etilgan. Shunday texnologiyalardan biri Bulutli texnologiyalar hisoblanadi. Bulutli texnologiyalarni joriy qilish hamda ulardan foydalanishga oid tadqiqotlarni “Axborot xavfsizligi” о‘quv predmetini о‘qitish misolida tanishib chiqamiz. Tadqiqot ishida kuzatish, taqqoslash, tajirba о‘tkazish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning tahlili О‘quv jarayonida qо‘llanilayotgan masofali о‘qitish shakli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilmiy asoslangan о‘qitish usullarini qо‘llab ta’lim olish shaklidir. О‘qitishning bu shaklida о‘quvchilarga mos ta’lim predmetini erkin tanlash, о‘qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta’minlaydigan an’anaviy, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadigan, о‘qitish jarayonida ta’lim oluvchining joyi va vaqtiga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshiriladi. Masofali о‘qitishda о‘quv jarayoniga tegishli bо‘lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, о‘qitish vositalari va hokazo) Internet texnologiyaning texnik va dasturiy vositalari bilan amalga oshiriladi [3]. Bulutli texnologiyalar asosida juda kо‘plab xizmatlar faoliyat kо‘rsatadi. Ulardan biri Google classroom xizmatidir. Google classroom tizimi Microsoft kompaniyasi mahsuloti bo‘lib, u ta’lim maqsadlarida ishlab chiqilgan va o‘zida maxsus moslashtirilgan xizmatlarni jamlaydi. Maskur platforma asosan sirtqi ta’limni tashkil etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ta’limni masofaviy shaklida olib borish qulay imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu xizmat sinf va kurslar yaratishga asoslangan bo‘lib, unda talabalarga zarur o‘quv resurslarni uzatish, topshiriqlar yaratish va uni taqdim etish, topshiriqlar ijrosini baholash va o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib borish imkonini beradi. Shuningdek, talabalar hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkil etish imkonini ham beradi. Endi Google classroom platformasida kurs yaratish va uni resurslar bilan boyitishni  “Axborot xavfsizligi” о‘quv predmeti misolida ko‘rib chiqamiz. Kurs yaratish va undan foydalanish uchun avvalombor Google account kerak bo‘ladi. Shu sababli, birinchi galda har bir foydalanuvchi o‘z accountini yaratib olishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, menyular bo‘limida “Класс” tugmachasi tanlanadi va bevosita tugmani bosish orqali platformaga o‘tiladi (1-rasm) [4].   1-rasm. Google classroom platformaning bosh menyusi. Ushbu oynada oldindan kurs yaratgan bo’lsak, yaratilgan barcha kurslarimiz aks etadi. Agar sizda yangi kurs yaratish istagi bo‘lsa, uning uchun qo‘shuv (+) belgisidan “Создать курс” (Kurs yaratish) tugmasini bosamiz. Shuningdek, ushbu qismda talabalar “Присоединиться” (kursga qo‘shilish) tugmasi yordamida yaratilgan kursga qo‘shilish imkonini beradi. Endi biz kurs yaratish tugmasi yordamida “Axborot xavfsizligi” fanidan “Mustaqil ta’lim” kursini yaratishni amaliy ko‘rib chiqamiz (2-rasm). 2-rasm. Yangi yaratilgan kursning asosiy menyusi. Ushbu kursning asosiy menyusida to‘rtta asosiy bo‘lim mavjud bo‘lib, bular: Лента (Tasma), Задания (Topshiriqlar), Пользователи (Foydalanuvchi) va Оценки (Baholash). Лента – ushbu bo‘limda asosiy sahifaga murojat qilganimizda ochiladigan interfeysdir. Tasma kurs uchun muhim bo‘lgan axborotlar, o‘quv resurslari hamda o‘qituvchi joylashtirgan e’lonlar o‘zida namoyon qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, yaratilgan topshiriqlar, o‘qituvchi va talabalar tomonidan qoldirgan fikr-mulohaza va sharhlarni ham ushbu qismda aks ettrish mumkin. Задания – ushbu bo‘limda kurs uchun yaratilgan topshiriqlar bevosita yaratilgan mavzularga muayyan tartibda joylashtiriladi, masalan avval birinchi mavzi keyin esa ikkinchi mavzuni shaklida hosil qilamiz. Shundan so‘ng, har bir mavzuga vazifa, test, savol topshiriqlar va mavzuga oid o‘quv materiallarini joylashtirish imkonini beradi, masalan “Создать + задание” qismida topshiriq nomi, topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mavzuga oid resurslarni biriktirish, qo‘yiladigan ball miqdori hamda bajarilish muddati ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘qituvchi natijalarni ko‘rish qismida talabalar ishini baholash, bajarilgan ishlar bo‘yicha sharhlar qoldirish va natijalarni chop qilishi ishlarini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Пользователи – ushbu bo‘limda talabalar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni tekshirishga ruxsat etilgan o‘qituvchilar va talabalarni kursga jalb qilish ishlarini amalga oshirish mumkin. Barcha takliflar foydalanuvchilarning elektron pochtasiga yuboriladi. Bundan tashqari kursning asosiy oynasida keltirilgan kursning maxsus kodi orqali ham kursga qo‘shilish imkoni berilgan. Оценки – ushbu so‘ngi bo‘limda о‘qituvchi topshiriq natijasini chop etgan bо‘lsa, kursning umumiy bahosini kо‘rish va tahrir qilishi imkonini beradi. Quyida “Axborot xavfsizligi” o‘quv fani misolidagi kursning topshiriqlar bo‘limi bosh menyusi ko‘rinishi keltirilgan (3-rasm). 3-rasm. Topshiriqlar bo‘limining bosh menyusi ko‘rinishi. O‘qituvchi talabalarga axborot-resurslardan foydalanish uchun murojat manzili orqali  murojat etishlari mumkin ekanligini aytiladi. Talaba murojat manzili orqali kerakli manzilni tanlab (https://classroom.google.com/w/NDY3MjY2NzU5NTM2/tc/NDk5MDUwMjQzNzE3) tanishib chiqishi mumkin. Maskur kursning birinchi mavzuga murojat qilganimizda mavzuga oid ma’ruza materiali, taqdimot slaydlari va amaliy mashg’ulot ishlanmalari bizga quyidaqicha ko‘rinishda nomoyon bо‘ladi (4-rasm).   4-rasm. Birinchi mavzu manziliga murojaat interfeysi. Talabalar mavzuga oid o‘quv materiallarni faollashtirsa ekranda tanlagan materiallar mazmuni online office dasturlari yordamida namoyish bo‘ladi. Xulosa. Fan, ta’lim, texnika va texnologiyaning rivojlanishi turli mamlakatlardagi pedagog olim va mutaxassislarning hamkorligi, ilmiy-tadqiqot ishlarning integrasiyasi natijasida amalga oshirilishi kuzatilmoqda. Shunday ekan, ta’lim olish, ilmiy-tadiqot ishlarini bajarishda xalqaro axborot resurslardan unumli foydalanish yо‘lga qо‘yilsa, ta’lim va ilmiy-tadiqot sohasidagi xalqaro integrasiya muammolariga amaliy yechim topiladi. Umuman о‘quv jarayonida bulutli texnologiyalardan foydalanishning quyidagi imkoniyatlari mavjud: – ta’lim oluvchilarga bevosita kompyuter klaviaturasi yordamida tayyorlanadigan yoki avvaldan kompyuter xotirasida fayl yoki kompyuter dasturi kо‘rinishida saqlanayotgan ma’lumotlarni uzatish; – о‘quv axborotlarini, ularni printerda chop etish imkoniyati bilan kompyuter xotirasida saqlash; – kompyuter ekranida matn va grafiklarni namoyish etish; – qabul qilinayotgan va uzatilayotgan matnli ma’lumotlarni tayyorlash va tahrir qilish; – о‘rgatuvchi kompyuter dasturlaridan foydalanish va ularni uzatish; – teskari aloqani tashkil etish; – o‘zlashtirish darajasini doimiy tahlil qilib borish; – o‘quv resurslarni doimiy yangilab borish.   Adabiyotlar rо‘yxati:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga 4-ilova, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-ilova. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
  3. E.Toshtemirov. «using cloud technology to provide information resources in the process of distance learning, «Bulletin of Gulistan State University: Vol. 2020 : Iss. 1 , Article 4.
  4. https://www.youtube.com/watch?v=Bghi6M7Wx1Q
  5. https://www.google.ru/.