Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/07/2021
Chop etish
Munosiblar taqdirlandi…

 

Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 11-sonli majlisida bir qator yutuqlarga erishgan hamda ilmiy darajalar olgan o‘qituvchilarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida so‘z olgan institut rektori taqdirlangan ustozlarga  iliq  fikrlar bilan bir qatorda bundanda yuksak muvaffaqiyatlariga erishishlarini tiladi.  Ushbu faol, tashabuskor hamda jonkuyar ustozlar bilan tanishing . Institut jamoasi Isroilova Sanam – Institut “Axborot resurs-markazi” ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot  bo‘limi yetakchi mutaxassisi “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishonini olganligi munosabati bilan,Atamurodova Rohila Qarshievna – 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha , Saidov Murod Nomozovich – 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha, Rustamov Ilhom Tursunovich – 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olganligi , Kuttibekova Guljan Tulepbaevna – 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha, Hamzaev Xaqberdi Eshmirzaevich – 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD) ilmiy darajasi olganligi bilan, Qahhorov Islomjon – «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishi, 1 bosqich talabasi Qozog‘iston  Respublikasida Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida o‘tkazilgan “2021 yilning eng yaxshi yosh olimlari” loyihasida “Fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” medal va III darajali diplom bilan taqdirlanganligi munosabati bilan, Xushboqov Turdimurod – «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishi, 1 bosqich talabasi Qozog‘iston  Respublikasida Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida o‘tkazilgan “2021 yilning eng yaxshi yosh olimlari” loyihasida “Fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” medal va III darajali diplom bilan taqdirlanganligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etadi.


Ulashish:
1 315
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.