Ma’lumotnoma (Obyektivka)
Ma’lumotnoma (Obyektivka)
Bugungi kunda, respublika hududida davlat tashkilotlariga ishga kirish uchun hujjat topshirayotgan nomzodlardan nomzod haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida aksariyat hollarda Ma’lumotnoma (Obyektivka) talab qilinadi. Quyida rasmiy tasdiqlangan ma’lumotnoma namunasini yuklab olishingiz mumkin:
CV/Rezyume (Curicullum Vitae)
Xalqaro tashkilotlar hamda respublika hududidagi kompaniya va muassasalar ishga kirish maqsadidagi nomzodlardan CV/Rezyume (Curicullum Vitae) talab qiladi. CV/Rezyumening yagona maqsadi – ish beruvchiga sizni ma’lum bir lavozimga loyiqligingizni ko’rsatish va sizni suhbatga chaqirishlari uchun zamin yaratish. U ish beruvchiga siz haqingizda ma’lumotga ega bo’lishi va uni ma’lum bir lavozimga loyiqligingizga ishontirishi kerak. Rezyumening ishga kiruvchilar to’ldiradigan so’rovnomadan farqi shundaki, unda qanday ma’lumotni yozish yoki yozmaslik ixtiyori o’zingizda bo’ladi. Shu sa babli, siz ma’lum bir lavozimga loyiqligingizni namoyon etuvchi ma’lumotlarni tanlashingiz va yozishingiz mumkin.
Quyidagi havola orqali butun dunyoda tan olingan Europass CV ni onlayn to’ldirib yuklab olish mumkin: