Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2022
Chop etish
“Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining Oliy ta’lim muassasalararo bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsaida tashkil etilgan “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining Oliy ta’lim muassasalararo bosqichi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor bugun  Yurtimiz bo‘ylab turli kitobxonlik tadbirlari, tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda. Buluraning barchasi yosh avlod ko‘nglida kitoblarga bo‘lgan mehrni uyg‘otishdir. “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi ham ana shu ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi tanlovlardan biridir.Tanlovning  oliy ta’lim muassasalararo bosqichini JDPU Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida tanlov adolatli va shaffof tarzda o‘tishi, buning uchun viloyatimizdagi hamkor tashkilotlardan tajribali mutaxasislar taklif etilganini ta’kidlab, kitobxon talaba tanlovi ishtirokchilariga omad tiladi.

Ta’kidlash joiz  “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining Oliy ta’lim muassasalararo bosqichida Sirdaryo va Jizzax viloyatida joylashgan OTM lardan ikkinchi bosqichda g’olib bolgan 5 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi G.Abduqodirova, Toshkent Ximiya-texnologiya instituti Yangier filiali talabasi M. Kamolova, JDPU Tarix fakulteti 4-kurs talabasi – O‘.Qudratov, JizPI Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi X.Egamberdiyeva, O’zMU Jizzax filiali talabasi G.Raxmonovalar o’zaro bellashdilar. Tanlov shartlariga ko’ra 1-o‘rin JDPU Tarix fakulteti 4-kurs talabasi O‘. Qudratovga, 2-o‘rin Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi – G.Abduqodirovaga, 3-o‘rin esa Toshkent Ximiya-texnologiya instituti Yangier filiali talabasi M.Kamolovalarga nasib etdi.

 

Tanlov shartlariga ko‘ra  Universitetda o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi Oliy ta’lim muassasalararo bosqichida 1-o‘rinni egallagan Tarix fakulteti 4-kurs talabasi Qudratov O‘rozboy  Asad o‘g’li  Hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 


Ulashish:
3 254
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...