Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/07/2021
Chop etish
Bayram tabrigi…

Assalomu alaykum, qadrli Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi, aziz  talaba-yoshlar!

2021 yilning 20 iyul kuni mamlakatimizda yurtimiz ahli Qurbon hayiti bayram tadbirlarini karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda nishonlaydilar.

 

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, e’tiqod erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar o‘rtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.

So‘zim avvalida  Jizzax davlat pedagogika isntitutida bir necha yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan ustozlarni, kasbiga fidoiy professor-o‘qituvchilarni, aziz talaba yoshlarimizni kirib kelayotgan “Iydi Qurbon” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchaga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni bildirib qolaman. Muborak Qurbon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash mujassam. Bunday ulug‘ bayramlarga xursandchilik yarashadi. Bu kunlarda hammamiz shod, yaxshi kayfiyatda bo‘lishimiz kerak. Ayniqsa, yo‘qlovchisi yo‘q, muhtoj insonlarni xursand qilishga ko‘proq e’tibor qaratishimiz lozim. Kishining hayotdan rozi bo‘lib yashashi, atrofdagilarga tabassum bilan qarashi va ularning qalbiga surur bag‘ishlovchi so‘zlarni aytishi eng mahbub amallardan hisoblanadi. Mana shundan go‘zal amallar sohibi bo‘lishingizga tilakdoshman.

Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!

Yaratganning ne’matlari ziyoda bo‘layotgan va shukronalik hislari qalblarimizni nurafshon qilayotgan ushbu ayyomda Sizlarni, chin yurakdan  qutlab, Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman.

Yana bir bor ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.S.Sharipov


Ulashish:
1 224
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman...
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini...
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...