Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
11/04/2019
Chop etish
Amir Temurni anglash

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, Jizzax shahridagi 03195-harbiy qism hamda ARM hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan “Amir Temurni anglash-milliy o‘zligimizni anglash demakdir” mavzusida o‘tkazilgan tadbir

 Kirish so‘zini  Institut   rektori,   prof. A.Xolbekov ochib berdi, “Amir Temur –buyuk sarkarda va millat faxri” mavzusida ma’ruza, ma’ruzachi – tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Valiev so’zga chiqdi, Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar namoyishi bo’lib o’tdi hamda Jizzax shahridagi 03195-harbiy qism xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari, Vatanparvarlik haqida qo‘shiq-tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi birinchi kurs talabasi S.Sharopov tomonidan ijro etildi va shuningdek institut ARM xodimlarining Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davriga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.  Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. U so‘zini “Amir Temur – shaxsini idrok etish-tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash-tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir” degan so‘zlarni mazmun-mohiyatini tahlil qilish bilan boshladi. Har birimiz o‘zligimizni, ajdodlarimiz salohiyati, tarixda qoldirgan behisob merosini bor bo‘y basti bilan anglab olishmiz uchun ham Sohibqiron Amir Temur bobomizni doimo eslab turishimiz faqat foydalidir deb boshlab, so‘zini Amir Temur Vatanimiz tarixida o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko‘rsatgan shaxsdir deb davom ettirdi. Amir Temur  jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’tirof etilgan yorqin siymosidir. U o‘z zamonasida o‘zbek davlatchiligini qayta tiklab, uni yuksak rivojlanish pog‘onasiga ko‘tarib, jahonga shuhrat taratdi. Istiqlol tufayligina  Amir Temur siymosi o‘zbek xalqining timsoliga aylandi. Binobarin, Amir Temur siymosini, u barpo etgan davlatni, temuriylar sulolasi tarixini, Vatanimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida ananaviy eslab turish nafaqat bugungi hayotimiz uchun balki kelajak uchun juda muhimdir.

         Shunday ekan, an’anaviy “Temurxonlik kunlari” orqali Amir Temur hazratlari siymosini hayolan ko‘z o‘ngimizda yana bir bor gavdalantirish, u bosib o‘tgan tarixiy  yo‘lni teran mushohada qilishning ahamiyati ham ulkan degan fikrlarni bildirdi.

“Amir Temur –buyuk sarkarda va   millat faxri” mavzusida tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Valiev ma’ruza qildi. O‘z ma’ruzasida, mustaqillik, eng avvalo, halqimizga muqaddas qadriyatlarini, boy ma’naviy-madaniy merosini, shular qatorida buyuk siymo Amir Temur shaxsi haqiqatini qaytargani bilan benihoya azizdir. Shu sababli Amir Temur tavalludining 681 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Har yili Amir Temur tug‘ilgan kuni munosabati bilan “Temurxonlik kunlari”ni nishonlash ananaga aylangan. Sohibqiron bobomiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning o‘zbek xalqi  tarixida tutgan o‘rnini anglab oldik. Sho‘rolar zamonida uni “bosqinchi va vayronkor”ga chiqarib, shaxsiga samimiy hurmat bilan emas, balki nafrat uyg‘otishga undovchi kitoblar, maqolalar yozilgan. Hech kimga sir emas faqat mustaqillik tufayli Amir Temurning o‘zbek xalqi uchun tarixiy xizmatlarini xolisona tiklash imkoniga ega bo‘ldik. Istiqlol tufayligina biz  bobomiz Amir Temurni mudom eslashga, uni teran anglab olishga kirishdik va bu o‘tmishimizni anglash orqali kelajakga ishonch uyg‘ondi degan fikrlarni bildirdi.

Shundan so‘ng, Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, Jizzax shahridagi 03195-harbiy qism xizmatchilari va “Temuriylar izdoshi” maktabi o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilindi. Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi birinchi kurs talabasi S.Sharopovning kuylagan qo‘shiqlari davraga o‘zgacha ruh baxsh etdi.

                                                                                                               


Ulashish:
1 727
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...