Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2019
Chop etish
Hukumat qarori (468-son, 07.06.2019 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga muvofiq, abiturientlar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan oliy ta’lim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishi mumkin va ushbu oliy o‘quv yurtlari ro‘yxati haqida 5 kunlik muddatda taklif Davlat komissiyasiga kiritilishi  lozim.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha abiturientlarning doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar qabul qilinadi.

Abiturient Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

👉 maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan);

👉 imtiyozga ega bo‘lganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abiturient bir vaqtda, o‘qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha OTMni tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abiturientlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Boshqa oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.


Ulashish:
1 291
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.