“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashi tomonidan joriy yilning 25-iyunidan xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2024- yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovlari uchun 500 o‘rin ajratilganligi e’lon qilindi.
Mazkur tanlovga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 25-iyul kuniga qadar jamgʻarmaning rasmiy sayti http://admission.eyuf.uz orqali qabul qilinadi.
