Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi

 
Kafedra mudiri:

Amonlaev Abdurasul Xakimovich

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Telefon raqami:
+998 93 826 37 70
Elektron pochta:
abdurasul@jdpu.uz
Qabul kunlari:
dushanba-shanba,14:00-18:00

Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 27 Katta o’qituvchilar – 6
Fan doktori – 3 O’qituvchilar – 8
Falsafa doktori – 10

Ochilova Baxti

falsafa fanlari doktori, professor

Xoshimxonov Mo’min

falsafa fanlari doktori, professor

Saitqosimov Akbar

falsafa fanlari doktori, professor

Mamatqulov Farxod

falsafa fanlari doktori, professor

Sayidov Murot

falsafa fanlari doktori, professor

Kistaubaev Savlabek

falsafa fanlari doktori, professor

Toshboev Bobomurot

falsafa fanlari doktori, professor

Ergasheva Maxsuda

falsafa fanlari doktori, professor

Tangirov Nizom

falsafa fanlari doktori, professor

Ashirmatov Hayot

falsafa fanlari doktori, professor

Turaev Abror

falsafa fanlari doktori, professor

Yusupov Kamoliddin

o’qituvchi

Shadiev Jasur

o’qituvchi

Turopov Yorqin

katta o’qituvchi

Suvonqulov Jamshid

katta o’qituvchi

Normatov Sanjar

o’qituvchi

Norbekov Umid

o’qituvchi

Nabiev Mansur

o’qituvchi

Kasimova Zumrad

o’qituvchi

Bozorboyeva Zuhra

o’qituvchi

Gaziev Ziyadulla

katta o’qituvchi

Mirkamilova Zuhra

katta o’qituvchi

Aripov Abdumalik

katta o’qituvchi

Pardayeva Sevara

o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
Kafedra mutaxassislik fanlari: Davlat va huquq nazariyasi, Milliy g’oya nazariyasi va amaliyoti, Madaniyatshunoslik, Tarbiya, Milliy G’oya, Manaviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish metodikasi, Ma’naviyatshunoslik, Huquq sohalari, Ma’naviy marifiy ishlarni tashkil etish metodikasi, Geosiyosat asoslari, Huquqiy madaniyat va huquq tarbiya, Falsafa, Ma’naviyatshunoslik, Kasbiy ma’naviyat.
Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi tarixi: «Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi» kafedrasi Jizzax Davlat pedagogika universiteti tarix fakultetidagi yirik ilmiy- pedagogik salohiyatga ega bo’lgan jamoalardan biri hisoblanadi. «Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi» kafedrasi universitet tashkil topgandan boshlab turli nomlarda – «Marksizm-leninizm filosofiyasi» (1974-1984 yillarda, kafedra mudiri Z.Nizomiddinov), «Ilmiy kommunizm» (1984-1987 yillarda, kafedra mudiri T.Javlonov), «Falsafa» (1987-1991 yillarda, kafedra mudiri Z.Nizomiddinov), «Falsafa va huquq» (1991-1997 yillarda, kafedra mudiri A.Botirov), «Falsafa va odobnoma» (1997-1999 yillarda, kafedra mudiri E.Xolbutayev, Sh.Ikromov), «Falsafa va ma’naviyat asoslari» (2000-2005 yillarda, kafedra mudiri B.Ochilova), «Ijtimoiy fanlar» (2006-2022 yillarda, kafedra mudiri B.Ochilova) faoliyat yuritgan.
O’tgan yillar davomida kafedrada Z.Nizomiddinov (f.f.n, dos), T.Javlonov (f.f.n,dos), A.L.Attexovich (f.f.n,dos), E.Xolbutayev (f.f.n.), A.Botirov (f.f.n,dos), Sh.Ashurov, M.Egamqulov, M.Turonov,P.Qulmatov (f.f.n, dos), Sh.Ikromov (f.f.n, dos), N.Nazarov (s.f.d, dos), J.Norbekov (f.f.n,dos), S.Nazarqosimov (PhD), T.Axmedov (PhD), I.Ahmedov (PhD), I.Abdusaidova, M.Kubayeva, A.Meliboyev, D.Asqarova, N.Ergashev, K.Saidov, Z.Xidirova, S.Karimov, F.Abdusamadov, S.Muzaffarov, Sh.Mo’minova, B.Botirov (i.f.n.), A.Usmonov, B.Xonto’rayev, J.Toshboyev, O.Bobomurodovlar kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat ko’rsatishgan.
Kafedra 2020 yilda «Ijtimoiy fanlar» va «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq taʼlimi» kafedralarining qo’shilishi negizida tashkil qilindi. Kafedrani bugungi kunda falsafa fanlari nomzodi,dotsent Amonlaev Abdurasul Xakimovich boshqarib kelmoqda. Kafedrada 5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A111601 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 27 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 12 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 47,4 % ni tashkil etadi. Jumladan, 3 nafari fan doktori (B.Ochilova, M.Xoshimxonov, A.Saidqosimov), 10 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) F.Mamatqulov,A.Amonlayev, M.Sayidov, B.Toshboev, S.Kistauboyev, M.Ergasheva, X.Ashirmatov, N.Tangirov,Bozorboeva Z,Turaev Abror), 7 nafar katta o’qituvchi (Yo.Turopov, Z.Mirkomilova, A.Aripov, A.Turayev, Z.Gaziyev, J.Suvonqulov,Bozorboeva Z ) va 8 nafar o’qituvchilar (K.Yusupov J.Shodiyev, U.Norbekov, Z.Kasimova, N.Musinov M.Nabiyev, Aslanova S, Vahobov U) faoliyat yuritishmoqda.
Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi hamkorlik faoliyati: Samara davlat madaniyat instituti, Samara davlat Universiteti, Qozon Federal Universiteti, O’sh O’zbek-Qirg’iz instituti kabi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yilgan. Xususan, ayni paytda Samara davlat madaniyat instituti (2021-yil fevral) hamda Qozon federal instituti (2021-yil sentabr) bilan shartnomalar imzolangan bo’lib o’quv va ilmiy-uslubiy  yo’nalishlarda hamkorlik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
2021-yil mart-iyun oylarida Onlayn ma’ruzalar tashkil qilingan (Samara davlat madaniyat instituti: Ionesov Vladimir Ivanovich, madaniyatshunoslik f.doktori, tarix fanlari nomzodi, Svetlana Solovyova, falsafa fanlari doktori, dotsent, Qozon Federal Universiteti: Mingazova Nailiya, pedagogika fanlari doktori, professor) 2022-yil fevral-mart oylari Qozon Federal Universiteti o’qituvchilari: Hamidov Yevgeniy Nafisovich (20 soat) va Smirnova Yuliya Dmitrievna (20 soat) lar bilan onlayn ma’ruza tashkil etilgan.