Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
16/05/2024
Chop etish
«Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish» mavzusida yig‘ilish o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakultetida «Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish» mavzusida qator hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, Din ishlari qo‘mitasi viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Rashidov tumani IIB TQX TQKG vakillari guruh tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov so‘zga chiqib, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini, shu bois korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni registrator ofisi xodimlari tomonidan yana bir bor o‘qib tanishib chiqishini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan muassasa boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tildi.

Sh.Rashidov tumani IIB 2-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori mayor F.Toshbekov Korrupsiyaga qarshi qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish Bugungi kunda loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik kabi illatlar adliya organlari tizimida ham hali-hamon uchrayotganligi Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda deya ta’kidlab o‘tdi.


Ulashish:
1 324
Boshqa rubrikalarda mashhur

“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...