Karera markazi
Karera markazi
|
21/11/2025
Chop etish
Universitetda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax, 21 noyabr 2025 – Universitet faollar zalida universitet “Karyera markazi” tashabbusi bilan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitet magistratura bosqichi talablaridan besh nafariga ularning tashabbuskorligi, yoshlar orasida faollikni oshirishga qo‘shgan hissalari hamda namunali xulq-atvori uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirish jarayoni bilan boshlandi.

Seminarda Jizzax viloyati “Milliy bank » AJdan “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga mas’ul Oybek Abdullayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi raisi Abdurahmon Rabbimov, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax filiali rahbari Ismiyov Rajabov hamda hudud tadbirkorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvga, avvalo, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchi va bitiruvchi bosqich talabalari jalb qilindi.

Ishtirokchi talabalar o‘z biznes g‘oyalari, startap tashabbuslari va amaliy rejalari yuzasidan mas’ul idora va tashkilot vakillariga murojaat qilishdi. Mutaxassislar ularga qo‘shimcha imkoniyatlar, zarur hujjatlar, kredit olish tartiblari va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari bo‘yicha batafsil maslahatlar berishdi.


Ulashish:
2 965
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.