Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2025
Chop etish
Universitet rahbariyati 4-sonli TTJda talabalar bilan uchrashdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F.Aqchayev boshchiligida bir guruh mas’ullar 4-sonli talabalar turar joyida bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Talabalar o‘zlarini qiynayotgan ayrim muammolar haqida ham ochiqchasiga gapirib o‘tdilar. Shu joyning o‘zida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, talabalar uchun yaqinda ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgan yangi stadion va universitet hududidagi barcha sport maydonchalari haqida ma’lumot berildi. Endilikda talabalar bu inshootlardan kechki soat 22:00 gacha bemalol foydalanishlari mumkinligi, zarur sport anjomlari ham taqdim etilishi ta’kidlandi.

 Uchrashuv ochiq muloqot va amaliy natijalarga yo‘naltirilgani bois talabalar uchun samarali bo‘ldi.


Ulashish:
1 354
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.