Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2026
Chop etish
“Tilshunoslik va til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” – xalqaro konferensiya boshlandi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti hamda “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Tilshunoslik va til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi boshlandi va davom etmoqda.

Oflayn va onlayn formatda tashkil etilgan anjumanda tilshunoslik, til tarixi, qiyosiy tadqiqotlar, tarjimashunoslik, shuningdek til va adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodologik asoslari kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olinmoqda.

Konferensiya jarayonida mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar o‘z ilmiy qarashlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Anjuman yakuniga ko‘ra tilshunoslik va ta’lim metodikasi sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
642
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.