Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2022
Chop etish
“Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mazusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bugun talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganiga qaramay ayrim talaba yoshlar tomonidan bir qancha huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilmoqda, bularning barchasi joylarda targ‘ibot ishlarining yetarli darajada olib borilmayotgani, huquqiy savodxonlikning pastligi,  yoshlarimizning huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl mohiyatini tushunmasliklari oqibatidadir. Joriy yilda universitet talabalari tomonidan 7 ta huquqbuzarlik, o‘g‘rilik, aldov yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish, mayda bezorilik holatlari sodir etildi. Bu albatta universitet jamoasi uchun noxush holatdir.

Ochiq muloqotda so‘zga chiqqanlar mana shu ma’lumotlarni taqdim qilish bilan bir qatorda, talabalar tomonidan sodir etiladigan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga belgilanadigan jazo turlari haqida, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan talabalar o‘qishdan chetlatilishi mumkinligi haqida to‘xtalishdi Shuningdek tadbir davomida piyodalar harakati, avtomobillardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish haqida ham fikr mulohazalar bildirildi.

 

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan aniq va lo‘nda javoblar olishdi.Universitetning  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda huquq tartibot idoralar vakillari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 242
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.