Oktyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichida Jizzax davlat pedagogika institutining 2 ta jamoasi ishtirok etgan edi. Chorak final bosqichida JDPI-1 jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final bosqichiga yo`llanma olgan edi.JDPI-1 jamoasi tarkibi — Do`stqulov Jahongir, Shayzoqov To`xtagul(informatika o`qitish metodikasi), Nurmurodova Kamola(ingliz tili va adabiyoti ) barchasi 3-kurs talabalari, jamoa murabbiyi informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi Jomurodov Do`stmurod. 2015-yilning 5—6-dekabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionati yarim final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan 26, Qozog‘istondan 24 va Qirg‘izistondan 2 ta jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashdi. Musobaqa bir vaqtning o‘zida, shuningdek, Sank-Peterburg, Barnaul va Tbilisi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarga 5 soat mobaynida turli qiyinlikdagi 12 ta masala berildi va jamoalar ularni belgilangan dasturlash tillari yordamida eng kam vaqt sarflab yechishlari lozim bo‘ldi. Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalardan finalchilar tanlab olinadi va tez orada e’lon qilinadi. Finalga bitta oliy ta’lim muassasasidan faqatgina bitta jamoa chiqishi mumkin.
Uncategorized
- Все
- Экоактивные студенты
- Центр карьеры
- Шаг в будущее
- Борьба с коррупцией
- Район и университет
- Это сбывшаяся мечта учителей
Uncategorized
|
29/12/2015
Распечатать
TATUda dasturlash bo‘yicha JChning yarim final musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Популярное в других рубриках
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi «160-son “Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitetida intellektual faoliyat yo‘nalishidagi...
Между Джизакским государственным педагогическим университетом и негосударственным образовательным учреждением «Unicorn International Foundation» подписаны Меморандум о взаимопонимании и сотрудничестве, а также Договор о сотрудничестве по привлечению...
Делегация Нукусского государственного педагогического института ознакомилась с современной инфраструктурой Джизакского государственного педагогического университета, деятельностью научных лабораторий, Офиса регистратора, Информационно-ресурсного центра, музея и спортивных сооружений. В...
Последние новости
12/06/2026
10/06/2026
09/06/2026
