Uncategorized
Uncategorized
|
29/12/2015
Print
TATUda dasturlash bo‘yicha JChning yarim final musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Oktyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichida Jizzax davlat pedagogika institutining 2 ta jamoasi ishtirok etgan edi. Chorak final bosqichida JDPI-1 jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final bosqichiga yo`llanma olgan edi.JDPI-1 jamoasi tarkibi – Do`stqulov Jahongir, Shayzoqov To`xtagul(informatika o`qitish metodikasi), Nurmurodova Kamola(ingliz tili va adabiyoti ) barchasi 3-kurs talabalari, jamoa murabbiyi informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi Jomurodov Do`stmurod. 2015-yilning 5—6-dekabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionati yarim final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan 26, Qozog‘istondan 24 va Qirg‘izistondan 2 ta jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashdi. Musobaqa bir vaqtning o‘zida, shuningdek, Sank-Peterburg, Barnaul va Tbilisi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarga 5 soat mobaynida turli qiyinlikdagi 12 ta masala berildi va jamoalar ularni belgilangan dasturlash tillari yordamida eng kam vaqt sarflab yechishlari lozim bo‘ldi. Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalardan finalchilar tanlab olinadi va tez orada e’lon qilinadi. Finalga bitta oliy ta’lim muassasasidan faqatgina bitta jamoa chiqishi mumkin.


To share:
2,300
Popular in other categories

StartupBlink CEO Visited JSPU
Eli David Rokah, founder and CEO of StartupBlink, visited Jizzakh State Pedagogical University. The guest, accompanied by representatives of the university administration, familiarized himself with...
A Mass Dictation Event Was Held Under the Slogan “A Literate Organization – A Literate Society”
On the occasion of October 21 — the day the Uzbek language was granted the status of state language — a mass dictation was organized...
JSPU: MEDICAL FACULTY GRADUATES MET WITH EMPLOYERS
On October 16, a meeting and seminar were organized at Jizzakh State Pedagogical University with the participation of graduates of the Faculty of Medicine, employers,...