Uncategorized
Uncategorized
|
29/12/2015
Распечатать
TATUda dasturlash bo‘yicha JChning yarim final musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Oktyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichida Jizzax davlat pedagogika institutining 2 ta jamoasi ishtirok etgan edi. Chorak final bosqichida JDPI-1 jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final bosqichiga yo`llanma olgan edi.JDPI-1 jamoasi tarkibi — Do`stqulov Jahongir, Shayzoqov To`xtagul(informatika o`qitish metodikasi), Nurmurodova Kamola(ingliz tili va adabiyoti ) barchasi 3-kurs talabalari, jamoa murabbiyi informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi Jomurodov Do`stmurod. 2015-yilning 5—6-dekabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo‘yicha jahon chempionati yarim final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan 26, Qozog‘istondan 24 va Qirg‘izistondan 2 ta jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashdi. Musobaqa bir vaqtning o‘zida, shuningdek, Sank-Peterburg, Barnaul va Tbilisi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarga 5 soat mobaynida turli qiyinlikdagi 12 ta masala berildi va jamoalar ularni belgilangan dasturlash tillari yordamida eng kam vaqt sarflab yechishlari lozim bo‘ldi. Shimoli-Sharqiy Yevropa guruhida eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalardan finalchilar tanlab olinadi va tez orada e’lon qilinadi. Finalga bitta oliy ta’lim muassasasidan faqatgina bitta jamoa chiqishi mumkin.


Поделиться:
2 305
Популярное в других рубриках

Руководитель StartupBlink посетил ДжГПУ
Джизакский государственный педагогический университет посетил основатель и генеральный директор компании StartupBlink Эли Дэвид Роках. В сопровождении представителей руководства гость ознакомился с кампусом и деятельностью вуза.
Проведен массовый диктант под девизом «Грамотная организация — грамотное общество»
В связи с 21 октября — Днем придания узбекскому языку статуса государственного — в Джизакском государственном педагогическом университете среди профессорско-преподавательского состава и сотрудников был проведен...
ДжГПУ: ВЫПУСКНИКИ ФАКУЛЬТЕТА МЕДИЦИНЫ ВСТРЕТИЛИСЬ С РАБОТОДАТЕЛЯМИ
16 октября в Джизакском государственном педагогическом университете состоялись встреча и семинар с участием выпускников медицинского факультета, работодателей и представителей партнерских организаций.