Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Narxi qancha mehrni ayting…

3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni! Bilasizmi, dunyoda eng arzon narsa nima? Bu-mehr va e’tibor. Xo‘sh, eng qimmat narsachi, u nima? Ishonish qiyin, lekin, u ham mehr va e’tibor. Mehr va e’tibor hammaga kerak, menga, sizga unga… Kimdir dadasi olib bergan qimmatbaho sovg‘ani mehr va e’tibor sifatida qabul qilsa, kimlardir uni ko‘klarga ko‘tarib maqtaganingizni mehr deb tushunadi. Oramizda shunday manzillar borki, bir og‘iz shirin so‘z ham ular uchun mador, beqiyos mehr va e’tibordir. Hikoyamiz qaxramoni Karomat Murtozoeva endigina 6 yoshni qarshiladi. Sh.Rashidov tumani “Yuksalish” MFY da istiqomat qiluvchi Karomatning chap qo‘l panjasi yo‘q¸ u tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan.  Qizaloq rasm chizishni juda yaxshi ko‘radi, yaqinlarining ta’kidlashicha yoshiga nisbatan ancha zukoo qiz. Ulg‘aysa shifokor bo‘lishini katta-yu, kichikni birdek davolashini to‘lqinlanib aytadi… bugun Karomatning kichik orzularidan biri ushaldi. Uni yo‘qlab borgan Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limi jamoasi,  unga o‘quvchilar uchun maxsus dars tayyorlashga mo‘ljallangan (javon,stol, stul) jamlanmani va kitoblar to‘plamini tuhfa etishdi.   -O‘zim Jizzax dalvat pedagogika universitetining Magistratura bo‘liminin ikkinchi kurs magistr talabasiman. Maktabda boshlang‘ich sinflarga dars beraman. 4 nafar farzandim bor. Karomat ikkinchi qizim. Qizim juda ziyrak qiz, garchi atrofdagilar unga imkoniyati cheklangan deb qarashsa-da. Men qizalog‘imning imkoniyatlari cheklanmagan deb hisoblayman. U rasm chizishni juda yaxshi ko‘radi, ingliz tilini o‘rganishga astoyidil kirishgan. Kelasi yil 1 sinfga boradi. Hozirdan darsxonasi bo‘lishini orzu qiladi. Orzulari o‘zi kabi sof va beg‘ubor qizimning ilk orzulari ushalganidan va bunga bosh qo‘shgan JDPU ning Magistratura bo‘limi hamda  810-21 guruh magistr talabalariga tashakkurimni aytaman. Bugungi tashrif men va qizim uchun unutilmas voqeaga aylandi,-deydi Kamola Rahimova Karomat bilan xayrlashish chog‘ida kutilmagan voqea bo‘ldi. Mittigina qizaloq  duoga qo‘l ochib o‘ziga, yaqinlariga sog‘lik-omonlik tiladi.  Yana kelishimizni, albatta a’lo baholarga o‘qishini, bizni kutishini qayta-qayta ta’kidladi. Yaxshilikning cheki-chegarasi yo‘q. Mehrga, muruvvatga mushtoq ko‘ngillarni ziyorat etish ham – bir yaxshilik. Bu ham e’tibor. Azizlar, keling imkoniyati cheklanganlarning, cheklanmagan imkoniyatlariga yo‘l beraylik. Atrofimizdagi insonlarga yanada  mehrli bo‘laylik.