Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Muqaddassan ayol….

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institut  “Madaniyat saroyida” 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Dastlab  Madaniyat saroyi hovlisida  rasmlar , kitoblar, yumshoq o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda  Sa’natshunoslik hamda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari, shuningdek  shaxrimizdagit turli sa’nat maktabi iqtidorli  o‘quvchilarining  ijodiy ishlari namoyish etildi.

Tantanali tadbirni  Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S. Sharipov oliygohda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va nafosat bayrami bo‘lmish 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabriklash bilan boshlab berdi. U, o‘z so‘zida olamning gultoji bo‘lgan ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni muhim ekanini alohida ta’kidlab, ayniqsa, mamlakatimizda ayollarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ma’naviy qadriyatlarning ajralmas qismiga aylanganini e’tirof etdi.Bugun  Jizzax davlat pedagogika institutida 187 nafar ayol o‘qituvchilar faoliyat yuritishadi. Go‘zallik va nafosat malikalari bo‘lmish xotin qizlar uchun tashkillashtirilgan tantanali bayram tadbirida   tizimda ko‘p yillardan beri  mehnat qilayotgan, jamoada o‘z o‘rniga ega , faol, tajribali va namunali 50 nafar ayollarga faxriy yorliqlar va  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanali tadbirni Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan badiiy dasta ijrosidagi konsert dasturi davom ettirdi.

Fursatdan foydalanib, Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati tizimda  ko‘p yillardan beri  faoliyat yuritayotgan  jonkuyar, fidoyi, lobar, munis va mo‘tabar ayollarni ayyom bilan muborakbod etadi! Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaydi! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muxtarama Ayollar!

                            

                                                                                                                                                                                                    Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati