Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2025
Chop etish
Maktabgacha ta’lim fakulteti yozgi lagerda navbatdagi kengash yig‘ilishi o‘tkazdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi universitetning Uob qishlog‘ida joylashgan yozgi ta’lim-dam olish lagerida navbatdagi kengash yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Diyor Axmurodov ishtirok etdi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri sifatida D.Axmurodovning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hisoboti tinglandi va muhokama etildi. U o‘z ma’ruzasida talabalarning ta’lim, madaniyat, sport va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi. Futbol, voleybol va stol tennisi kabi turlarda faol ishtirok etgan pedagoglar musobaqalarni katta ruhiy ko‘tarinkillikda o‘tkazdilar.

Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish, mahalliy tabiat go‘zalliklari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ekskursiyalar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi. Uob qishlog‘ining tabiiy manzaralari, sof havosi va tinch muhiti mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi uchun nafaqat faoliyatini muhokama qilish, balki dam olish va jamoaviylikni mustahkamlash imkonini ham yaratdi.


Ulashish:
633
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.