Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/12/2019
Chop etish
 “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi “

Jizzax davlat pedagogika isntituti talabasi Madina Raxmon  “ Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi “ respublika  insholar tanlovida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar korrupsiyasiz kelajak bunyodkori bo‘lishni maqsad qilar ekan, mamlakatimiz kelajagi, haqiqatan ham, ishonchli qo‘llarda ekanligini anglaymiz. Chunki bu maqsadlar harakatga, harakat esa amalga aylanadi, sa’y-harakatlar esa kun kelib natijasini ko‘rsatadi. Talabalarimiz orasiga izlanuvchan, faol, iqtidorli, asosiysi, o‘z mustaqil fikri va keng dunyoqarashga ega, o‘z huquqlari, burch va majburiyatlarini yaxshi biladigan yoshlar borligi ana shunday buyuk maqsadlar amalga oshishiga yo‘l ochmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti “San’atshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi Madinaxon Rahmonova Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi Respublika  insholar tanlovida oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida 3-o‘rinni egalladi. Bu yutuq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi arafasida qo‘lga kiritilgani institut jamoasini behad quvontirdi.

Muallif o‘z ijodiy ishida bugungi kunda korrupsiyani “qadriyat” darajasiga ko‘tarib qo‘yganimiz, o‘z faoliyatimiz, o‘qishimiz, mehnatimiz sifatiga “javob bermay”, korrupsiya ildiziga bolta urish qiyinligini yozadi. Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashni kimdandir kutish emas, aksincha, har bir inson o‘zi bu yo‘lda yetakchi bo‘lsa, mas’uliyatni his etsa natija bo‘lishini ta’kidlaydi. Muallif inshoda shaxsiy fikr va kuzatishlarga keng o‘rin beradi, tarixiy faktlar, korrupsiyaga qarshi kurashda jahon tajribasi, statistik ma’lumotlarni ham keltirib o‘tadi.

Madinaxon Rahmonova nafaqat iqtidorli talaba, balki ijodkor hamdir. U Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida faoliyat olib boradi. Madina tayyorlab kelayotgan ko‘rsatuv va lavhalari orqali iqtidorli yoshlarni kashf etishga, faol va tashabbuskor yoshlar faoliyatini yoritishga, viloyatimiz turizmini namoyon etishga, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan teletomoshabinlarni tanishtirib borishga harakat qilmoqda.

Madinaning bu yutug‘i bugunning dolzarb masalasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashga barcha talabalarimizni chaqirmoqda

                                                                            Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
4 951
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Turkiyada “Silk Road and Beyond – 2026” xalqaro dasturida faol ishtirok etishdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh iqtidorli talabalari Turkiya Respublikasining Konya shahrida joylashgan nufuzli Necmettin Erbakan Universitetida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nazm va navo kechasi” o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyi bugun mumtoz musiqasining haqiqiy shaydolarini bir davraga jam qildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Aniq fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Joriy yilning 9-fevral kuni Aniq fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.