Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/02/2025
Chop etish
Ikki daho-ikki bebaho…
JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

O‘zbek tili va adabiyoti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan”ikki daho-ikki bebaho” deb nomlangan badiiy kecha buyuk mutafakkir g‘azal mulkining sultoni A.Navoiyning 584-yilligi hamda shoh va shoir, davlat arbobi Z.M. Boburning 542-yilligiga bag‘ishlandi.

Kechani universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda Z.M.Boburning milliy madaniyatimiz va adabiyoti uchun qoldirgan bebaho ijodiy-ilmiy merosi, nodir adabiy asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar Navoiy turkiy til asosida betakror bog‘ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bo‘lsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bog‘ni chin ma’noda bo‘stonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi bo‘lganligini e’tirof etib. Shu bois ham ularning ijodi hamon qunt bilan o‘rganilayotganini aytib o‘tishdi.

Shundan so‘ng talabalar ijrosida Hazrat Bobur hamda Navoiyning bebaho ijodidan g‘azal va ruboiylar o‘qildi. Maqom va qo‘shiqlar ijro etildi.

ijodkor talaba yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan “Layli va Majnun” monologi hamda “Bobur va Humoyun suhbati” tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.


Ulashish:
746
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.