Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2025
Chop etish
Hamma uyg‘ondimi badantarbiyani boshlaymiz.
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat» g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev sport masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida ana shu masalaga alohida urg‘u berdi.Kishini sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullangan jismoniy chiniqqanlar sog‘lom va yosh ko‘rinishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ertalabki badantarbiya esa faqat foyda keltiradi.

 

Har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, sog‘liqni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugun tongda Jizzax davlat pedagogika universiteti 1-sonli talabalar turar joyida 200 ga yaqin talabalar, pedagog-tarbiyachilar, professor-o‘qituvchilar universitet rektori boshchiligida kunni ertalabki badantarbiya bilan qarshi olishdi.

 

Ular badantarbiyani “oddiydan — murakkabga” tamoyili asosida pog‘onama-pog‘ona davom ettirishdi. Yengil mashqlar bilan boshlangan jismoniy chiniqtirish piyoda yurish va yugurish bilan davom etdi.


Ulashish:
590
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.