Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/12/2019
Chop etish
Hamid Olimjonni eslab…

 

Hamid Olimjon nomi tilga olinishi  bilan ko‘z o‘ngimizda qisqa va  go‘zal bir muxabbat tarixi qaxramonlari adib va shoira Zulfiyaxonim  o‘rtasidagi  tillarda doston bo‘lgan muxabbat qissasi gavdalandi. Vafo, sadoqat kabi ezgu tuyg‘ularga haykal o‘rnatib ketgan” Muhabbat bahori”ning abadiy qaxramonlari, ikki qalb sohibi yaratgan ijod namunalari  hali hamon o‘quvchi  qalbini hayajonga soladi.

Jizzax davlat pedagogika instituti  “Madaniyat saroyida” adib tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan adabiy kechaga kelganlar ham  ana shu hislarni ko‘ngildan o‘tkazgan bo‘lishsa ne ajab…Oliygoxning “Boshlang‘ich ta’lim fakulteti ” professor -o‘qituvchilari va ijodkor yoshlari tomonidan tayyorlangan kechada  H.Olimjon hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Adabiy-badiiy  kechaga taklif etilganlar H.Olimjon va Zulfiyaxonim qalamiga mansub ijod namunalarini  o‘qib berish bilan bir qatorda sahnaviy ko‘rinishlar ham ijro etishdi.

Foto

Adabiy –badiiy kecha so‘ngida Hamid Olimjon  suratini mahorat bilan chizgan talabalar mehnati alohida e’tirof etildi.

                                                              Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 

 

 


Ulashish:
1 567
Boshqa rubrikalarda mashhur

Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy madaniyat masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
JDPUda talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga...
JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...