Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/06/2023
Chop etish
G‘allaorol xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida xorijiy til o‘rganish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun ingliz tili kurslari ochildi.

Xabaringiz bor joriy yilning may oyidan boshlab Professional taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.

Xususan, A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi G‘allaorol xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida xorijiy til o‘rganish istagida bo‘lgan talabgorlarni saralash orqali, ingliz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.Ayni paytda ushbu kurslarda 20 ga yaqin xorijiy tilni o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar universitetning malakali pedagoglari yordamida mashg‘ulotlar o‘tishmoqda.

-Bugungi kunda kompyuter tarjimonlar, turli dasturlar va ovozni aniqlash texnologiyalaridagi rivojlanish sharofati bilan xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyati yanada kengaymoqda. Mamlakatimizning har bir burchagida qator til markazlari faoliyat olib bormoqda. Jumladan, oliy taʼlim muassasalari qoshida ham xorijiy tillarni o‘rganishga qaratilgan markazlar ham yoshlar xizmatiga shaydir. Bu esa yoshlarimizning xorij tillarini puxta o‘rganish, o‘z sohasiga oid xalqaro tajribalarni egallash imkoniyatlarini kengaytiradi. Guruhimizdagi o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan ishtiyoqi baland, ularnig orzulari esa undan-da baland..ular faqatgina ingliz tilini o‘rganish bilan cheklanib qolmoqchi emas. Maxsus sertifikatga ega bo‘lishgach nemis tilini ham o‘rganishni niyat qilishmoqda- deydi guruh rahbari Avaz Mirzaev

Bugun bir nechta xorijiy tillarni egallab, turli sohalardagi xalqaro tajribalarni o‘rganayotgan, amaliyotga tatbiq etayotgan, qator yutuqlarga erishayotgan yoshlar safi anchagina. Ularning eng katta yutug‘i ham xorijiy tillarni puxta bilishi bilan baholanadi. Chunki har bir tilni o‘rganishimiz bilan biz yangi bilimlarga ega bo‘lamiz, imkoniyatlarimiz kengayadi. Ajab emas G‘allaorol xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida xorijiy til kurslariga qatnayotgan tinglovchilar orasidan ham ana shunday chet tillarda biyron so‘zlashuvchi yoshlar yetishib chiqsa.


Ulashish:
1 389
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.