Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
04/05/2026
Chop etish
Fizika kafedrasida korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq me’yorlariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonun, universitetning ichki mehnat tartib-qoidalari hamda Odob-axloq kodeksi talablariga amal qilish darajasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularning kelib chiqish omillari hamda huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, vazirlikning korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilangan murosasizlik tamoyili asosida har qanday noqonuniy manfaat orttirish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish holatlari qat’iyan man etilishi alohida ta’kidlandi.

Barcha professor-o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatda xolislik, beg‘arazlik va yuksak axloqiy me’yorlarga rioya etish zarurligi eslatildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha masofaviy o‘quv kurslarini tamomlab, tegishli sertifikatlarni olish zarurligi belgilab berildi.

 


Ulashish:
2 088
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...