This website is currently in test mode. Some features may be unavailable or not function as expected.
Questions
Questions
|
01/04/2021
Print
Talabalarga stipendiya tayinlashda qaysi yangiliklar kiritildi?.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalariga to’lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to’lashning yangi tartibi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq 2020-yil 1-fevraldan:
– davlat granti va to’lov-kontrakt asosida ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan talabalarga qat’iy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya – 470 800 so’m to’lanadi. 2020/2021 o’quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga istisno tariqasida quyidagi miqdorlarda stipendiya to’lanadi:
– o’quv semestri yakuni bo’yicha fanlardan faqat «a’lo» o’zlashtirish ko’rsatkichiga (reyting ko’rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) ega bo’lgan talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 20%ga oshirilgan stipendiya – 564 960 so’m beriladi;
– fanlardan o’zlashtirish ko’rsatkichlarining 30% va undan ortiq qismi «qoniqarli» (71 balldan kam) bo’lgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga navbatdagi o’quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.
2019/2020 o’quv yilidan boshlab to’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo’lgan, to’liq davlat ta’minotida bo’lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to’lovlari respublika byudjeti mablag’lari hisobidan to’lanadi, ularga kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda to’lash imkoniyati berilgan.
Hujjat bilan quyidagi nomli stipendiyalar miqdori va ayrim toifadagi talabalarga to’lanadigan qo’shimcha to’lov miqdorlari ham tasdiqlandi:
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 992 310 so’m;
– Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari – 1 328 461 so’m;
– davlat granti asosida va to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan, barcha fanlar bo’yicha faqat «a’lo» o’zlashtirish ko’rsatkichiga (reyting ko’rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo’lgan talabalar uchun stipendiya – 564 960 so’m;
– 1 va 2-guruh nogironligi bo’lgan talabalar uchun stipendiya belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda to’lanadi;
– alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo’lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun belgilangan stipendiyalarga nisbatan
50 foizgacha yuqori miqdorda qo’shimcha to’lov to’lanadi.
Stipendiyalar tayinlash uchun stipendiya komissiyasi ta’sis etiladi. Komissiya har bir o’quv yilida o’quv ishlari bo’yicha prorektor raisligida tashkil etiladi. Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro’yxatlari rektorning buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan, o’quv semestri uchun o’zlashtirish natijalari bo’yicha uzrsiz sabablarga ko’ra akademik qarzi bo’lgan talabalar keyingi o’quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi. Akademik qarzini bartaraf etgan va fanlardan o’zlashtirish ko’rsatkichlarining 30%dan kam qismi «qoniqarli» baho (71 balldan kam) bo’lgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi o’quv semestriga qadar tayinlanadi.
Uzrli sabablarga ko’ra akademik qarzi bo’lgan talabalar akademik qarzlarini bartaraf etgunlariga qadar stipendiyadan mahrum etilmaydilar. O’quv rejasi asosida amalga oshirilgan malaka amaliyotlari va ta’tillar davrida talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi. Biroq talabalarga akademik ta’til davrida stipendiya to’lanmaydi.


To share:
5,758
Popular in other categories

Rector–Youth Meeting: Priority Tasks for the Development of Sports Were Identified.
A meeting was held at Jizzakh State Pedagogical University with students of the Faculty of Physical Education and Sport. The students’ achievements in sports, existing...
Issues of spiritual immunity against religious threats and the preservation of national values were discussed at Jizzakh State Pedagogical University.
A roundtable discussion was held on the topics “National Values and Their Role in the Spirituality of the Nation” and “How I Understand the Threat...
Isroilova Sanam, Leading Specialist of the Information and Resource Center at Jizzakh State Pedagogical University, celebrated her 70th birthday.
Sanam Isroilova graduated from the Tashkent State Institute of Culture in 1994. She began her professional career as the head of the reading room at...