Karera markazi
Karera markazi
|
28/10/2025
Chop etish
Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar — Milliy bank bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining faollar zalida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari va bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida Jizzax viloyati Milliy bank AJ mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi kunga kelib universitetning 116 nafar bitiruvchisi va bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan jami 2 mlrd 117 mln 100 ming so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar olingan. Ushbu kreditlar orqali yoshlar o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.

Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar va bitiruvchilar bank xodimlariga o‘z biznes loyihalarini taqdim etishdi, shuningdek, zarur axborot va amaliy maslahatlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta’minlash, ularning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 647
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.