Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/12/2025
Chop etish
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni: JDPUda ezgu tashabbus va mehr uyg‘otgan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti, Maxsus pedagogika kafedrasi tashabbusi bilan ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan hayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirni universitetning ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi rahbari B. Qo‘shmurodov ochib berdi.

Anjumanning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda inklyuziv muhitni yanada kengaytirish va ularning ijodiy saloxiyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. “Bizni mehr birlashtiradi” shiori ostida o‘tgan tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida bolalar va yoshlar tomonidan tayyorlangan rang-barang badiiy chiqishlar namoyish etildi:

  • JDPU Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari ijrosida dilga yaqin qo‘shiqlar yangradi.

  • 32-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari jonli va ko‘tarinki ruhdagi raqslari bilan qatnashdilar.

  • 2-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilari o‘zlarining maxsus tayyorlagan ijodiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga quvonch ulashdilar.

  • 5-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining musiqa sadolariga hamohang raqslari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ishtirok etgan bolalar va faol yoshlar uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tashkilotchilar ishtirokchilarga ijodiy faollik, sog‘lom muhitda o‘sish, motivatsiya bilan ta’lim olishga intilishni tilab qolishdi.


Ulashish:
1 765
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...