Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

JDPUda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Fuqarolarni asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida jipslashtirishgan o‘zida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” bosh g‘oyasini mujassam etgan bayram tadbirini universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston xalqining siyosiy irodasi natijasidir, – deydi universitet rektori Sh.Sharipov. – Muhimi, Asosiy qonunda inson qadr-qimmatiga hurmat o‘z ifodasini topishi bilan birga, buni amalda ta’minlashga qaratilgan me’yorlar kengaytirildi. Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikdek muhim qoida qomusda aks etdi.  Konstitutsiyaning amalda bajarilishi bo‘yicha nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikka e’tibor qaratilayotgani, bunda ochiqlik, inklyuzivlik tamoyillari ustuvorligi e’tirofga munosib. Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni va barcha yig‘ilganlarni Konstitutsiya bayrami bilan qutlayman. Tantanali tadbirda shuningdek  Jizzax viloyat sudining raisi Akram Shukurov ham ishtirok etib yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi. Bayram tadbiri Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida  faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar va talab yoshlarni taqdirlash marosimi bilan davom etdi. Taqdirlash marosimida universitet rektori Sh.Sharipov amaliy hamkorlik uchun  Silk Road Research Academy asoschisi, professor Azamat Akbarov tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Qutlug‘ sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali tadbirni universitet badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetakchilarining chiqishlari bilan boshlangan sahnaviy ko‘rinishlar, go‘zal taronalarga ulanib ketdi.