Uncategorized
Uncategorized
|
02/03/2018
Chop etish
Zulfiyaxonimning 103 yilligiga bag’ishlab Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon muzeyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Bu tadbir  juda  jo’shqin  kayfiyatda  boshlanib,  qizg’in  davom  etdi. Uni  Jizzax  viloyat  Tasviriy  san’at  maktabining iqtidorli rassom  o’quvchilari  o’zining  betakror  va  mahorat  bilan  chizilgan  suratlari   bilan  boshlab  berdilar. Suratlarda  bahor  tasviri  bilan  birga,  Zulfiyaxonim va  Hamid  Olimjonning  go’zal  siyratlari  tasvirlangan.   Bu  ko’rgazmadan  so’ng  Jizzax  viloyati  hokimligi vakili   o’zining  samimiy  dil  so’zlari  bilan  barchani  yangilanish  fasli  bo’lgan   bahor  faslining  kirib  kelganligi  hamda  yaqinlashib  kelayotgan  Sakkizinchi  mart  xalqaro  xotin-qizlar  bayrami  bilan  chin  qalbdan  tabrikladi,  shundan  so’ng  u  Zulfiyaxonim  bosib  o’tgan  ibratli  hayoti, xalqimizning  ma’naviy mulkiga  aylangan  ijodi,  uning  xalqimiz  yodidan  chiqmas  ulkan  ishlariga  alohida  to’xtalib  o’tdi.  Zulfiyaxonim   tavalludiga  bag’ishlangan  tadbirni  oliygohimizning  shoira  qizlari  o’zlarining  ijodidan  unga  bag’ishlagan  she’rlarini  tomoshabinlarga  o’qib  berib  yanada  tinglovchilarni  xushnud  etdilar. Mana  shunday  ajoyib  she’rlardan  so’ng,  Jizzax  viloyat  Tasviriy  san’at  maktabining   a’lochi  o’quvchilari  Zulfiyaxonim  hayotiga  qisqacha  to’xtalib,  xalqimiz  suygan  she’rlaridan  tinglovchilarni  bahramand  etdilar.  Tadbir  nihoyasiga  yetgach  barcha  ishtirokchilar    Zulfiyaxonim  va  Hamid  Olimjon  muzeyiga tashrif  buyurdilar.

 


Ulashish:
1 402
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.
JDPUda ijtimoiy faollik bo‘yicha kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi
Mazkur sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F-43-son Farmoyishi, Davlat komissiyasi majlisining 69-3-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil...